Lopetegi: "Men Ispaniya terma jamoasidan ketishni xohlamagandim, ular meni tashqariga otdilar"
28 may 2019 14:36
Yangiliklar
Lopetegi: "Men Ispaniya terma jamoasidan ketishni xohlamagandim, ular meni tashqariga otdilar"
Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Universo Valdano bilan bo'lgan intervyuda 2018 yilgi jahon chempionatidan oldin termadan ketganini esladi.
Lopetegi mundialdan so'ng "Real"ni qabul qilishi aniq bo'lganidan so'ng, Ispaniya futbol federaciyasi tomonidan istefoga chiqarilgan edi.
"Kimdir meni milliy terma jamoadan o'z tashabbusi bilan tark etgan deb o'ylaydi, ammo men bunday qarorga kelmagan edim. CHunki milliy terma jamoada ishlash katta orzu va katta masuliyatdir. O'sha paytda meni tashqariga otishgan", - deydi Lopetegi.
Eslatib o'tamiz, Lopetegining istefosidan so'ng Ispaniyani Fernando Yerro qabul qilib olgan edi.
Fikrlar