Lopetegi Ispaniya terma jamoasidan ketishi haqida: "Hech narsadan afsusda emasman"
04 sen 2018 16:19
Yangiliklar
Lopetegi Ispaniya terma jamoasidan ketishi haqida: "Hech narsadan afsusda emasman"
"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegining takidlashicha, u JCH-2018dan oldin Ispaniya terma jamoasini tark etib, "Real" taklifini abul qilganidan afsuslanmasligini aytdi.
"Men shunchaki qaror qabul qildim va yana shunday qilgan bo'lar edim. To'g'risini aytdim, hech narsadan afsuslanmayman. "Real" o'sdi, u doimo buyuk klub bo'lgan, ammo so'nggi muvaffaqiyatlari bilan XXI asrning eng yaxshi klubiga aylandi.
Ispaniya terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Luis Enrikening ishlari yaxshi bo'ladi deb umid qilaman. "Real"ni shug'ullantirishdan baxtliman, oldimizda katta maqsadlar turibdi. Bir umrga Ispaniya muxlisi bo'lib qolaman.
Sodir bo'lgan narsani o'zgartira olmaymiz. Orqaga qarash niyatim yo'q. Tanishtirish marosimida o'z hislarim haqida gapirdim, o'shandan beri hech narsa o'zgarmadi. Bu to'g'ri qaror edi" - deydi Lopetegi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar