So’nggi yangiliklar

22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  0 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  9 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  22 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  54

Londondagi dramatik bahs Rimda davom ettiriladi va boshqa o'yinlar (prevyu) Yangiliklar

Londondagi dramatik bahs Rimda davom ettiriladi va boshqa o'yinlar (prevyu)

Evropa qishki vaqtga o'tgani munosabati bilan bugungi Evropa chempionlar ligasi o'yinlari odatdagidek 23:45da emas, balki 00:45da boshlanadi.


Bugun 4-turning seshanba kungi o'yinlari bo'lib o'tadi.


Dastlab "A" guruhidagi o'yinlarga to'xtalamiz.

"Manchester Yunayted" o'tgan turda Portugaliyada "Benfika"dan qimmatli uch ochkoni olib qaytgandi. Bugun esa bu jamoalar Angliyada duch kelishadi. G'alaba "Manchester Yunayted"ga pley-off masalasini muddatidan avval rasman hal qiladi.
"Benfika" esa birinchi davrada hali birorta ochko ishlagani yo'q. Manchesterda "Benfika" Evropa ligasi yo'llanmasi uchun kurashni davom ettirishi uchun ham g'alaba qozonishi lozim. Aks holda jamoa guruhni eng oxirgi o'rinda yakunlashi oydinlashadi.

SHveycariyadagi to'qnashuvda esa guruhdagi ikkinchi o'rin sohibi aniqlanadi. Bu bahs CSKA uchun o'ta muhim. Moskvadan g'alaba bilan qaytgan "Bazel" o'z uyida mag'lubiyatga uchrashi qiyin masala. Ammo futbolda har narsa ruy berishi mumkin. Bu o'yin guruhdagi ikkinchi yo'llanma borasidagi ko'plab savollarga muddatidan avval javob beradi.


"A" guruhi
"Manchester Yunayted" - "Benfika"
"MYU"
: De Xea; Valensiya, Djons, Beyi, Darmian; Errera, Matich; Mata, Mxitaryan, Marsyal; Lukaku
O'ynamaydi: Pogba (jarohat), Fellayni (jarohat), Karrik (jarohat), Boonen (diskvalifikaciya)
"Benfika": Svilar; Duglas, Ruben Diash, Samaris, Grimaldo; Feysa, Picci, Salvio, Diogu Gonsalvesh; Ximenes, Jonas
O'ynamaydi: Luizao (diskvalifikaciya), Andre Almeyda (diskvalifikaciya)

"Bazel" - CSKA
"Bazel"
: Vaclik; Suxi, Akandji, Balanta; Lang, Djaka, Dzuffi, SHteffen, Petretta; Elyunussi, Ayeti
O'ynamaydi: Vaylati (jarohat), van Volfsvinkel (jarohat)
CSKA: Akinfeev; Nababkin, Vasin, V. Berezuckiy, Ignashevich, SHHennikov; Golovin, Vernblum, Dzagoev; Vitino, CHalov
O'ynamaydi: Makarov (jarohat)


Bu "kvartet"da esa hammasi deyarli hal etilgan. Faqatgina bitta savol oqich qolmoqda: Birinchi o'rin egasi kim bo'ladi? Bu savolga esa "Bavariya" hamda PSJ jamoalarining o'zaro uchrashuvi aniqlik kiritadi.
Evropa ligasiga yo'llanma beruvchi 3-o'rinni esa katta ehtimol bilan "Seltik" egallaydi. Bu turda "Bavariya" "qaynoq" muhitli SHotlandiyaga safar qilsa, PSJ o'z uyida "Anderlext"ni qabul qiladi.
Bu jamoalarning o'tgan turdagi o'zaro bahslarida guruh peshqadamlari autsayderlarni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratishgandi. Bugungi o'yinlarda ham o'sha eski scenariy takrorlanishi mumkin.


"Bavariya"ning bugungi hujumkor guruhidagi eng asosiy rolni Xames Rodrigez bajarishi aniq


"B" guruhi
"Seltik" - "Bavariya"
"Seltik"
: Gordon; Lustig, Bitton, Boyata, Tirni; Forrest, Braun, Armstrong, Sinkler; Rogich; Dembele
O'ynamaydi: Roberts (jarohat), SHimunovich (jarohat), Relston (jarohat)
"Bavariya": Ulrayx; Kimmix, Boateng, Xummels, Alaba; Martines, Rudi; Xames, Tyago Alkantara, Koman; Robben
O'ynamaydi: SHabani (diskvalifikaciya), Levandovski (jarohat), Bernat (jarohat), Myuller (jarohat), Riberi (jarohat), Noyer (jarohat)
So'roq ostida: Koman (jarohat)

"Pari Sen-Jermen" - "Anderlext"
"PSJ"
: Areola; Dani Alves, Markinos, Tyago Silva, Kyurzava; Verratti, Rabo, Draksler; Di Mariya, Kavani, Neymar
O'ynamaydi: Nsoki (diskvalifikaciya), Tyago Motta (jarohat)
"Anderlext": Sels; Dendonker, Mbodji/Jozue, Deshaxt, Appia; Kums, Trebel, Gerkens; Onekuru, Teodorchik, Anni
O'ynamaydi: Naxar (jarohat)
So'roq ostida: Mbodji (jarohat), Spayich (jarohat)

"Roma" "CHelsi"ga qarshi o'yinda o'ta jiddiy tayyorlanmoqda...

Kuchli jamoalar jamlangan "C" guruhida peshqadamlik uchun kurashayotgan "CHelsi" va "Roma" Rimda uchrashadi. Londondagi dramatik kechgan o'yinda g'olib aniqlanmagandi. Italiya poytaxtida bu to'qnashuvning davomini kuzatamiz. "Roma" g'alabani qo'lga kiritadigan bo'lsa, unda peshqadamga aylanadi. Aksincha bo'ladigan bo'lsa, unda "CHelsi" pley-off yo'llanmasini rasman hal etadi.
Guruhdagi ikkinchi o'yinda esa o'tgan tur Ozarboyjondan atiga bir ochko bilan qaytgan "Atletiko" "Qorabog'" bilan hisob-kitob qilib oladi. Buni Diego Simeone jamoasi qay tariqa uddalashini esa vaqt ko'rsatadi.


"C" guruhi
"Roma" - "CHelsi"
"Roma"
: Alisson; Florenci, Manolas, Fasio, Kolarov; Pellegrini, De Rossi, Strootman; Nainggolan, Perotti, Djeko
O'ynamaydi: Karsdorp (jarohat), Bruno Peres (jarohat), SHik (jarohat)
So'roq ostida: Defrel (jarohat), Manolas (jarohat)
"CHelsi": Kurtua; Ryudiger, Kexill, David Luis; Aspilikueta, Bakayoko, Fabregas, Alonso; Azar, Pedro; Morata
O'ynamaydi: Mouzes (jarohat)
So'roq ostida: Kante (jarohat)

"Atletiko" - "Qorabog'"
"Atletiko"
: Oblak; Xuanfran, Godin, Lukas, Filipe Luis; Saul, Gabi, Parti, Korrea; Grizmann, Gameyro
O'ynamaydi: Karrasko (jarohat), Koke (jarohat)
"Qorabog'": SHexich; Medvedev, Sadygov, Jeznichak, Agoli; Garaev, Enrike, Almeyda, Michel, Gerrer; Madatov
O'ynamaydi: Ndlovu (diskvalifikaciya), Guseynov (jarohat), Elyunussi (jarohat)
So'roq ostida: Enrike (jarohat)


"D" "kvarteti"da bugun ikkita jamoa pley-off masalasini hal etishga yaqin turibdi. Greciyada mehmon bo'ladigan "Barselona" hamda Portugaliyaga safar qiladigan "Yuventus"ni g'alaba keyingi bosqichga rasman olib chiqadi.
O'z uyida "Olimpiakos"ni qiyinchilik bilan enggan "Barselona"ga Greciyada oson bo'lmasligi aniq. CHunki hozircha ochko ishlamagan greciyaliklar o'z uylaridagi bellashuvda yaxshi natija ko'rsatishga astoydil harakat qilishadi.
Turning markaziy o'yinlaridan biri shubhasiz Portugaliyada o'tadi. "Sporting" - "Yuventus" qarama-qarshiligi guruhdagi ikkinchi yo'llanmani hal etadi. Agarda Allegri shogirdlari g'alaba qozonadigan bo'lishsa, unda masala hal. "Sporting" esa "Yuve"ga jiddiy kurash taklif etishi tabiiy. Portugaliya jamoasini bugun faqat va faqat g'alaba qanoatlantiradi. SHundagina ular pley-offga chiqish imkoniyatlarini saqlab qolishadi va ochkolar bo'yicha "Yuventus"ga etib olishadi.
Bu o'yin guruhdagi eng markaziy va hal qiluvchi bahs desak mubolag'a bo'lmaydi.


"D" guruhi
"Olimpiakos" - "Barselona"
"Olimpiakos"
: Proto; Figeyrash, Botiya, Engels. Kutris; Romao, Jiye, Zdelar; Karsela-Gonsales, Fortunis, Emenike
O'ynamaydi: Lampru (diskvalifikaciya), Seba (jarohat)
So'roq ostida: Ben (jarohat)
"Barselona": ter Stegen; Roberto, Maskerano, Yumtiti, Alba; Paulino, Buskets, Rakitich; Deulofeu/Denis Suares, Luis Suares, Messi
O'ynamaydi: Pike (diskvalifikaciya), Rafinya (jarohat), Dembele (jarohat), Arda Turan (jarohat), Inesta (jarohat), Vidal (jarohat)
So'roq ostida: Maskerano (jarohat)

"Sporting" - "Yuventus"
"Sporting"
: Patrisiu; Ristovski, Koates, Andre Pintu, Koentrau; Jelson, Battalya, Brunu Fernandesh, Akunya; Alan Ruis, Dost
O'ynamaydi: Kabral (diskvalifikaciya), Mate (jarohat), Pichchini (jarohat)
So'roq ostida: Villyam Karvalyu (nomalum)
"Yuventus": Buffon; De SHilo, Rugani, Kellini, Aleks Sandro; Pyanich, Xedira; Duglas Kosta, Dibala, Mandjukich; Iguain
O'ynamaydi: Medxi Benatiya (jarohat), Benedikt Xevedes (jarohat)



Qaysi jamoalar bugun pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritishi mumkin?

"A" guruhi: "Manchester Yunayted", "Bazel"

"B" guruhi: PSJ, "Bavariya"

"C" guruhi: "CHelsi"

"D" guruhi: "Barselona", "Yuventus"


- Bugun namoyish etiladigan futbolga oid ko'rsatuvlar jadvali (Setanta Sports, Sport TV, Match TV, Futbol TV)

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика