So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Арсенал", "Боруссия Д" ва "Наполи"да ғалаба "Юве"да дуранг ва бошқа натижалар  13 02:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Монако" билан дуранг ўйнади  6 01:55ЕЧЛ. ПСЖ Рамушнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Барселона"ни мағлубиятга учратди  145 01:20ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" ўз уйида "Арқадағ"ни мағлубиятга учратди. "Андижон" жойлашган гуруҳда ҳолат қандай?  2 01:01Сардор Азимов: "Биринчи бўлимда гол уришни мақсад қилгандик. Жамоада муҳит аъло даражада"  1 00:31"Барса" тез орада де Йонг билан шартномани узайтиради  0 00:06ЕЧЛ. "Ньюкасл" йирик ғалаба қайд этди, "Қорабоғ" "Копенгаген"ни енгди  1 23:42Қозоғистонлик тадбиркор "Реал"дан бешта гол ўтказган "Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабонига машина совға қилди  3 22:50Максим Шацких: "Энг муҳими гол ўтказмаслик ва нолга ўйнаш. Реализация эса кун келиб яхшиланади"  15 22:32"Элче" "Барса"га қарши ўйин анонсида учрашув "Камп Ноу" стадионида ўтказилишини маълум қилди  0 21:54"Ал Аҳли" устози: "Дурангдан қониқмадик, аммо натижа адолатли бўлди. Бу каби атмосферани маҳаллий чемпионатда доим ҳам кўравермаймиз"  10 21:20Жуд Беллингем Англия терма жамоасида йил футболчиси деб тан олинди  2 20:40ОЧЛ-2. "Андижон" "Бобур Арена"да "Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади  96 20:29Феде Вальверде кечаги ўйиндан кейинги айбловларга жавоб берди: "Суягим синган ҳолатларда ҳам ўйнаганман. Бу айбловлар мени хафа қилди"  5 20:00"Барселона" - ПСЖ — ҳужумчилар лазаретда, топ ярим ҳимоячилар тўқнашувида ким ғолиб бўлади?  8

"Lokomotiv"ning navbatdagi raqibi - "Andijon" Yangiliklar

"Lokomotiv"ning navbatdagi raqibi - "Andijon"

Teglar :  LokomotivAndijon
Oliy ligada chempionlik uchun kurashishni maqsad qilgan Toshkentning "Lokomotiv" futbol klubi navbatdagi uchrashuvini ertaga, 11 mart kuni safarda "Andijon"ga qarshi o'tkazadi.

Bugun "temiryo'lchilar" o'z maydonlarida o'yinoldi mashg'ulotni o'tkazishadi va shundan so'ng vodiy tomon yo'l olishadi.

BO'LAJAK O'YIN HAQIDA
"Lokomotiv" ichki chempionatning 1-turini safarda "Navbahor"ga qarshi o'tkazib, 3:2 hisobida zafar quchdi. SHu kuni Sardor Mirzaevning dubli va Sanjar SHoahmedov tomonidan urilgan gol poytaxtliklarga chempionatdagi ilk uch ochkoni keltirdi. "Navbahor" bilan kechgan bahsda "Loko" quyidagi tarkibda harakat qildi:

"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze, 10. Marat Bikmaev (77. Jasur Hasanov, 73), 11. Temurxo'ja Abduxoliqov (21. Doniyor Usmonov, 77), 15. Sardor Mirzaev, 17. Salim Mustafoev, 18. Timur Kapadze, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 22. Sanjar SHoahmedov (7. Sadriddin Abdullaev, 87), 33. Oleg Zoteev, 37. SHerzod Fayziev.

Ertaga bo'lib o'tadigan "Andijon"ga qarshi bahs soat 16:30da boshlanadi. Mazkur bellashuvda ham muxlislar qiziqarli qarama-qarshilik guvohiga aylansa ajab emas. CHunki har ikkala jamoa ham bor kuchi bilan harakat qiladi, qolaversa, vodiydagi o'yinlarda stadion doim ishqibozlar bilan to'lgan bo'ladi. SHuningdek, ertaga Andijonda mavsumning ochilish uchrashuvi bo'lishini ham unutmaslik lozim.



RAQIB HAQIDA
"Andijon" oliy ligada o'z o'rniga ega klublardan hisoblanadi. Raqib o'tgan mavsumni 13-o'rinda tugatdi. Ushbu ko'rsatkich klub rahbariyatiga maqul kelmagan ko'rinadi, jamoa yangi mavsumni yangi bosh murabbiy boshchiligida boshladi. "Andijon"ga Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiy etib tayinlandi. Oliy liganing ilk uchrashuvini "Paxtakor"ga qarshi o'tkazgan andijonliklar 1:2 hisobida yutqazib qo'yishdi. Bu o'yinda "Andijon" quyidagi tarkibda harakat qildi:  

"Andijon": Xurshid Xo'jaev, Davron Tursunov, Azamat Isroilov, Iqbol Boboxonov, Ibrohim Otaxonov (Nemanya Yovanovich, 49), Alisher SHog'ulomov, Otabek Valijonov, Farhod Bekmurodov (G'ulom O'runov, 53), Javlon Guseynov, Ibrohim Rahimov (Islombek Isoqjonov, 64), Robbim Hasanov.

"Paxtakor"ga qarshi bahsda mehmonlar tarkibida 9 nafar yangi futbolchi harakat qildi. Bular - Xurshid Xo'jaev, Azamat Isroilov, Nemanya Yovanovich, Alisher SHog'ulomov, Otabek Valijonov, G'ulom O'runov, Ibrohim Rahimov, Islombek Isoqjonov va Robbim Hasanov.



O'ZARO O'YINLAR HAQIDA
Jamoalar shu paytgacha milliy chempionatda o'zaro 18 marta to'qnash kelishgan. Ustunlik asosan "Lokomotiv" tomonida. Toshkentliklar 11ta o'yinda g'olib bo'lishgan, uch bor durang o'ynab, to'rt marta mag'lubiyatga uchrashgan. To'plar nisbati ham "Loko" foydasiga: 31-19. O'tgan yil Andijonda bo'lib o'tgan bellashuvda "Lokomotiv" 2:1 hisobida g'alaba qozongandi. O'yin qaydnomasi quyidagicha:

Oliy liga-2015. 23-tur. 25 sentyabr
ANDIJON - LOKOMOTIV - 1:2 (0:0)


Hakam: Ilgiz Tantashev - 8,5
Gollar
: 0:1 - Timur Kapadze, 56. 0:2 - Sanjar SHoahmedov, 71. 1:2 - Anvar Berdiev (penalti, 81).

"Andijon": Moshnyaga, Husanov, Tursunov, Boboxonov, Otaxonov, Jadigerov (Asqaraliev, 61), Abdullaev (Abduqodirov, 75), Berdiev, Azamov (Jumaboev, 41), Guseynov, Alimov.
"Lokomotiv": Nesterov, Abduxoliqov (Bikmaev, 53), To'raev, Hasanov, Mustafoev, Kapadze, To'xtaxo'jaev (Mullajonov, 77), SHoahmedov, Aliboev, Yanichich, Hasanov (Zoteev, 86).

Andijonda bo'lib o'tgan oxirgi beshta uchrashuvning to'rttasida "Lokomotiv" g'alaba bilan qaytgan, faqat bir bor maydon egalari zafar quchishgan.



HAKAM HAQIDA
"Andijon" - "Lokomotiv" bahsini Rustam Bobomurodov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Obid Jumaev bilan Alisher Usmonov yordam berishadi. Navoiylik hakam o'tgan yil "Lokomotiv"ning 4ta o'yinini boshqargan va barchasida "temiryo'lchilar" g'alaba qozonishgan: "So'g'diyona" - "Lokomotiv" 1:3, "Neftchi" - "Lokomotiv" 1:2, "Lokomotiv" - "Buxoro" 2:0, "Navbahor" - "Lokomotiv" 2:3.

Bobomurodov o'tgan yil "Andijon" ishtirokidagi bitta bahsni boshqargan: "Andijon" - "Olmaliq" 2:4.



"Lokomotiv" matbuot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика