So’nggi yangiliklar

14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  0 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  2 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  0 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  3 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  1 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  3 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  1

“Lokomotiv” yoshlari bugun erta tongda Moskvaga yo'l oldilar Yangiliklar

“Lokomotiv” yoshlari bugun erta tongda Moskvaga yo'l oldilar

Bugun erta tongda “Lokomotiv”ning 2007 va 2008 yilda tug'ilgan yoshlari Rossiya Federaciyasining poytaxti Moskva shahriga uchib ketdi.

“Lokomotiv” (Moskva) klubi va Rossiya Sport federaciyasi sport musobaqalarini o'tkazish bo'limi hamkorligida “LOKO Cup 2016” musobaqasida ishtirok etish uchun uchib ketdilar. Moskvada  o'tkazilayotgan ushbu musobaqada 8ta klub 2 guruxga bo'lingan holda ishtirok etadi. Ular orasida Moskvaning kuchli “CSKA” va “Lokomotiv” bilan bir qatorda  O'zbekistondan Erkin Saidov boshchiligida futbol maktabi ham taklif etilgan. Jamoamiz Stanislav Proxorov (2008) va Sunnatilla Abdurasulov (2007) murabbiyligi ostida bu musobaqada ikki tarkib bilan ishtirok etadi. Musobaqadan maqsad Mustaqil davlatlar hamdo'stligi hududlarida joylashgan “Lokomotiv” klublarini birlashtirish va kuchli futbol ittifoqini tashkil etishdan iborat.  

Musobaqaga ertaga start beriladi va yosh “temiryo'lchilar” ikki tarkibi o'yinni “Lokomotiv” (Perovo) klubiga qarshi maydonga tushadilar.

Xabaringiz bor, “Lokomotiv” kuchli, boy tarixga ega klublar “Sepaxon” (Eron), “Flitvud Taun”, “Liepaya” (Latviya) klublari bilan o'zaro hamkorlik memorandumlarini imzolagan va ushbu klublar istiqbolli rejalar amalga oshirilmoqda. Ushbu musobaqa davomida klubimiz vakillari va rus klublari raxbariyatlari bilan rasmiy o'zaro uchrashuvlar belgilangan. Hamyurtimiz Vitaliy Denisov to'p surayotgan Moskvaning “Lokomotiv” klubi raxbariyati bilan 5 noyabr kuni rasmiy uchrashuv o'tkaziladi. Bu uchrashuvdan ko'zlangan maqsad kelajakda sport infratuzilmalari, marketing, musobaqalar tashkil etish, muxlislar bilan ishlash, o'zaro murabbiylar, futbolchilar almashish, ikki Rossiya va O'zbekiston xududida o'quv yig'inlarini tashkil etish, medecina va sog'lom turmush tarzini targ'ibot masalari bo'yicha hamkorlik qilishdan iborat.

O'ylaymizki, bunday musobaqalar va uchrashuvlar yosh futbolchilarimiz va o'zbek futbolini yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

Jamoamizga ushbu musobaqada omad tilaymiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика