So’nggi yangiliklar

01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  29 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  8 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  4 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  105 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  19 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  4 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6

“Lokomotiv” ustozi Mirko Yelichich OFK elit murabbiylari forumida ishtirok etdi Yangiliklar

“Lokomotiv” ustozi Mirko Yelichich OFK elit murabbiylari forumida ishtirok etdi

SHu yilning 30–31 avgust kunlari Xitoyning SHanxay shahrida Osiyo Futbol Konfederaciyasi (OFK)ning “Elit murabbiylar forumi” bo'lib o'tdi.

“Lokomotiv” ustozi Mirko Yelichich ushbu forumda qatnashdi.

Osiyoda faoliyat olib borayotgan eng etakchi deya etirof etilgan 14 nafar murabbiy qatnashgan mazkur forumda Osiyo futbolining kelajagi muhokama etildi. Xususan, Osiyo CHempionlar Ligasi Evropa CHempionlar Ligasi bilan solishtirilib, ko'hna qitaning eng nufuzli musobaqasidan OCHL qaysi jihatlarda ortda qolayotgani, Osiyoning klublar miqyosidagi eng yirik musobaqasini yanada rivojlantirish uchun yana qanday ishlar amalga oshirilishi lozimligi kun tartibidagi asosiy masala bo'ldi.

SHuningdek, Osiyo CHempionlar Ligasida videotakrorlardan foydalanish, darvoza chizig'i hakamlari faoliyatini yanada takomillashtirish borasida ham so'z yuritildi. “OFK elit murabbiylari forumi”da bir qator taniqli murabbiylar ishtirok etdi.

Mirko Yelichich kecha, 1 sentyabr kuni Toshknetga qaytib keldi. Quyida qatnashchilari ro'yxati bilan tanishish mumkin.  

Fabio Kapello – “Jiangsu Suning” (Xitoy);

Feliks Magat – “SHandong Luneng” (Xitoy);

Gus Poe – “SHanxay SHenxua” (Xitoy);

Dragan Stoykovich – “Guanchjou R&F” (Xitoy);

Andre Villash-Boash – “SHanxay SIPG” (Xitoy);

Ju Guangyu – Xitoy terma jamoasi sobiq ustozi (Xitoy);

Fu Bo – “Guanchjou Evergrand” yordamchi murabbiyi (Xitoy);

CHoy Kang-Hi – “CHonbuk Motors” (J. Koreya);

Xvang Sun-Xong – “Seul” (J. Koreya);

SHimotaira Takaxiro – “Kashiva Reysol” (Yaponiya);

Kevin Maska – “Melburn Viktori” (Avstraliya);

Mirko Yelichich – “Lokomotiv” (O'zbekiston);

Alirizo Mansurian – “Istiqlol” Tehron (Eron);

Kristian Gross – “Al Ahli” sobiq ustozi (S. Arabistoni).

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика