So’nggi yangiliklar

18:40Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ваҳда" (матнли трансляция)  31 18:30Суперлига. "Пахтакор" – "Бунёдкор" 2:0 (Матнли трансляция)  19 18:19Артём Петросян: "Иккита голни ўзимиз рақибга "совға" қилдик"  0 18:03Неъматулла Қуттибоев: "3:0 ҳисобида зафар қучган бўлсак-да, ҳисоб ўйинга яраша бўлмади"  0 17:44ҚПЛ топ-клуби "Бунёдкор" футболчисига кўз тикди  0 17:13Элит ОЧЛ. "Насаф"нинг бугунги рақиби "Ал Ваҳда" охирги марта қачон ютқазганини биласизми?  2 16:57Про лига. "Арал" "Олимпик"ни йирик ҳисобда енгди, Қалмағамбетовдан дубль!  0 16:40"Бавария" рекорд даражада даромад топди  0 16:13"Реал" Гюлернинг муваффақияти учун пул тўлайди: "Фенербахче" билан шартномадаги яширин бонус фаоллаштирилди  1 15:44Аббос Файзуллаев машғулотларга қайтди  3 15:18"Насаф"нинг "Ал Ваҳда"га қарши ягона ўйинида қандай ҳисоб қайд этилган?  10 14:50"Манчестер Юнайтед" "Эвертон" ҳимоячиси учун "Тоттенхэм" билан рақобатлашмоқда  0 13:56"Ланс" собиқ бош мураббийи Англия клубидан кетди  1 13:29"Реал" ПСЖ юлдузи учун катта миқдорда маблағ ажратди  2 12:58Адҳамзода "Нефтчи"га қайтмоқда  17

"Lokomotiv" uchun bugun final yoki salom Pro liga Yangiliklar

"Lokomotiv" uchun bugun final yoki salom Pro liga

Teglar :  LokomotivOlimpik
Coca Cola Superliga bahslari o'zining qaynoq pallasida. Kimdir medallar uchun, yana kimdir jon saqlash ilinjida. Har bir uchrashuvning qiymati o'ta yuqori.

"Lokomotiv" bugun 22-tur doirasida Toshkentning boshqa bir klubi "Olimpik"ka qarshi maydonga chiqadi. Ehtimoliy jihatdan o'yin mezbonlar uchun final maqomiga ega. Quyida mazkur uchrashuv oldidan fikrlashamiz. 

Lokomotiv

Mpako Etame Jerom - 4'

Superliga. 22-tur

17/10/2022, 18:30

2
:
1
Tugadi

Olimpik

Otabek Jo'raqo'ziev - 65', Temur Mamasidiqov - 75'

45'
90'
4'  Mpako Etame Jerom
4'  Ivan Nagayev
46'  Ivan Nagayev (Mo'min Meliev)
50'  G’ulomhaydar G’ulomov
67'  Maruf Jumaev (Javohir Alijonov)
67'  Islom Rashidxonov (Nurmuhammad Toshpo'latov)
82'  Manuchexr Safarov (Alisher Salimov)
86'  Xurshidbek Muxtorov
90'  Xurshidbek Muxtorov (Anvar Alijonov)
46'  Alisher Odilov (Temur Mamasidiqov)
46'  Abubakrrizo Turdaliev (Muhammadaziz Ibrohimov)
65'  Otabek Jo'raqo'ziev
65'  Dostonbek Tursunov (Jaloliddin Sodiqov)
75'  Temur Mamasidiqov
80'  Po'latxo'ja Xoldorxonov (Muhammadali G'iyosov)
86'  Otabek Jo'raqo'ziev (Farrux Muxtorov)


KO'P DURANG QAYD ETGAN, AMMO KAM MAG'LUBIYATGA UCHRAGAN "OLIMPIK"

Negizini olimpiya terma jamoasi azolari tashkil etadigan "Olimpik" yosh futbolchilar bilan Superliganing barcha klublariga yaxshigina muammo tug'dira olyapti. Timur Kapadze tabiri bilan aytganda futbolchilar yaxshi tajriba to'plashyapti. Natijalarga to'xtalsak, jamoa bu mavsum Superligada eng ko'p durang qayd etgan jamoa bo'lib turibdi. SHu kungacha o'tkazilgan 21 uchrashuvning 13tasida raqiblari bilan murosa ko'chasini tanladi. 4 bor mag'lubiyatga uchradi. Bu Superligadagi eng yaxshi to'rtinchi natija bo'lib turibdi. Ikkinchi davrada bu ko'rsatkich 5tani tashkil qilmoqda, 2ta g'alaba, 1ta mag'lubiyat. Kapadze shogirdlari so'nggi 3ta turni bir hil 1:1 hisobida yakunladi. 10-o'rinda ketayotgan "Olimpik" mavsumni turnir jadvali o'rtalarida yakunlashi mumkin. CHunki 7,8,9 o'rinda ketayotgan jamoalar bilan o'rtadagi tafovut katta emas, 1-2 ochko. "Olimpik"dan keyingi o'rinlarda ketayotgan "Lokomotiv" va "Surxon" bilan 5 ochko farq bor. Bugun jamoa mag'lubiyatga uchrasa, raqiblari nisbatan yaqinlashib oladi. G'alaba esa o'rnini yanada yaxshilab olish imkonini beradi.


"Olimpik"ning keyingi raqiblari quyidagilar.  Birinchi davrada ular bilan kechgan 5ta uchrashuvda 5 ochko ishlashni uddasidan chiqqan. 

"Navbahor" (safarda)

"Metallurg" (uyda)

AGMK (safarda)

"Nasaf" (uyda)



PRO LIGA TOMON KETAYOTGAN "LOKOMOTIV" 

"Lokomotiv"ning holatiga havas qilib bo'lmaydi. Avvalgi maqolalarimda aytganman. Klub natijalarni yaxshilash, vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirish uchun murabbiyni almashtiradi. Ammo "Loko"da buning aksi kuzatilmoqda. "Temiryo'lchilar"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 7ta o'yinga etgan. Turnir jadvalida 11-o'rinda ketyapti. Xafli xudud ostonasida turibdi. "Surxon" bilan ochkolar teng, "Qo'qon-1912" bilan 2 ochko ajratib turibdi. Har qanday holatda ham Server Jeparov jamoasi bugun g'alaba qozonishi shart. Bordi-yu, "Surxon" yoki "Qo'qon-1912" bu turda g'alabaga erishgan taqdirda ahvol yanada og'irlashadi. "Qutqaruvchi" vazifasini Jeparovning o'zi bajarishiga ko'zim etmayapti. 

"Lokomotiv"ning keyingi turlardagi raqiblariga nazar solamiz.

"Paxtakor" (mehmonda)

"Navbahor" (uyda)

"So'g'diyona" (safarda)

"Metallurg" (uyda)

Ko'rinib turibdiki, qolgan 4ta uchrashuvdan 3tasi kuchli beshlikdan joy olgan jamoalarga qarshi bo'lib o'tadi. "Lokomotiv" uchun oson bo'lmagan palla. Mavsumning dastlabki qismida jamoa yuqoridagi 4ta jamoadan bor-yo'g'i 1 ochko olgan, xolos. 


BIRINCHI DAVRADAGI O'YIN 


Coca-Cola Superliga. 9-tur
OLIMPIK – LOKOMOTIV 0:3
16 may 2022 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 19:00

Gollar: Jerom Etame 17, - 0:1 (Nurmuhammad Toshpo'latov). Jerom Etame 20, - 0:2, Diyor Turopov penalti 80, - 0:3.
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Elnur Doniyorov, Artyom Kalinin, Hasan Nabiev
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistenti: Edita Mirabidova
VAR nazoratchisi: Vladislav Ceytlin
Komissar: Laziz Qo'chqorov

"Olimpik": 13.Hamidullo Abdunabiev, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Ruslanbek Jiyanov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev (22.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 46), 19.Dostonbek Tursunov, 23.Abdurauf Bo'riev, 28.Sunnatilloh Hamidjonov (17.Jaloliddin Sodiqov, 90+2), 37.Alisher Odilov (9.Temur Mamasidiqov, 73), 44.SHahzod Toirov (21.Muhammadaziz Ibrohimov, 62), 70.Abubakrrizo Turdialiev, 77.Davron Anvarov (99.Muhammadali G'iyosov, 46).
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 6.Behzod SHamsiev, 10.Farruh Muxtorov, 20.Diyorbek Ortiqboev.

"Lokomotiv": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Islom Qobilov, 4.Dilshod Komilov (22.Muhammadanas Hasanov, 66), 7.Diyor Turopov (98.Maruf Jumaev, 87), 8.Nurmuhammad Toshpo'latov, 11.Kaxi Maxaradze, 14.Xurshid Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov (9.Javohir Alijonov, 87), 19.Jerom Etame (18.Ali Abdurahmonov, 87), 21.G'ulom Haydar G'ulomov (27.Islom Rashidxonov, 49), 44.Samuel Opex.
Zaxira: 13.Rustam Nartadiev, 5.Javohir Abdualimov, 20.Jaloliddin Jumaboev, 24.SHerzod Komilov.

Ogohlantirishlar: Alisher Odilov (37), Dilshod Komilov (44), Nurmuhammad Toshpo'latov (55).

 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика