So’nggi yangiliklar

14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  9 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  3 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  2 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  8 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0

“Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari xotira turnirida uchinchi bo'lishdi Yangiliklar

“Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari xotira turnirida uchinchi bo'lishdi

6-11 avgust kunlari Buxoro shahrida “Paxtakor-79″ azolari – Ravil Agishev hamda Vladimir Sobirov xotirasiga bag'ishlab yosh futbolchilar o'rtasida xotira turniri o'tkazildi.

“Joma” sport kiyimlari kompaniyasi homiylik qilgan ushbu turnirda 2004-2005 yilda tug'ilgan futbolchilar ishtirok etishdi.

Mazkur musobaqada qatnashgan “Lokomotiv” futbol maktabining 2004/2005 yillarda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari yakunda uchinchi o'rin sohibi bo'lishdi. Erkin Saidov boshqarayotgan futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari turnir davomida o'zlaridan iliq taassurot qoldirishdi.

Sunnat Ro'ziev va Dilshod Atamuhamedov boshqaruvidagi yosh “temiryo'lchilar” “A” guruhida bahslarga kirishishdi va guruhdagi har uchala o'yinda g'alaba qozonib yarim finalga yo'l olishdi.

1-tur. “Lokomotiv” – “Dilkusho” 4:2
2-tur. “Lokomotiv” – “Buxoro” SK 3:2
3-tur. “Lokomotiv” – “Buxoro” PFK 2:1

Jami sakkizta jamoa ishtirok etgan xotira turniri yarim final uchrashuvini “V” guruhi peshqadami “Olimpik”ka qarshi o'tkazgan “Lokomotiv” bu o'yinda raqibiga 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Natijada uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda maydonga tushgan futbolchilarimiz SDYUSSHOR-6 ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi.

Musobaqa yakunida odatdagidek g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Bunda chiziqlar bo'yicha eng yaxshilar ham aniqlandi. “Lokomotiv” darvozaboni Murodov Dilshod “Eng yaxshi darvozabon” deb topilgan bo'lsa, Nig'monov Amirhayit 10ta gol bilan musobaqaning “Eng yaxshi to'purari” bo'ldi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика