So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

"Lokomotiv" tanishtiruv marosimini o'tkazdi (ikkinchi qism) Yangiliklar

"Lokomotiv" tanishtiruv marosimini o'tkazdi (ikkinchi qism)

Bugun "Lokomotiv" majlislar zalida yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirning ikkinchi qismida jamoaga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar bilan savol-javob tashkil qilindi.

Muhammadanas Hasanov: - "Qo'qon-1912" hamda Baxtiyor Ashurmatovga rahmat aytaman. Ushbu klub meni yaxshi futbolchi qilib tarbiyaladi va raqobatbardosh saviyaga olib chiqdi. Endi esa "Lokomotiv" bilan yaxshi o'yinlar ko'rsatib, yuqori o'rinlar uchun kurashishni istayman. Klub rahbarlari, murabbiylar bilan bu borada gaplashganmiz. Birinchi turda mag'lub bo'lgandirmiz, ammo oldinda yana 25 o'yin bor. Bunda qattiq harakat qilib, g'alabalar orqali barchani xursand qilishni istaymiz.

- Baxtiyor Ashurmatov intervyuda Muhammadanas Hasanovning ketganini keyin bilganmiz degandi. Aslida vaziyat qanday bo'lgan?
- Ha, "Qo'qon-1912" bilan xayrlashmay ketganman. Reglament bo'yicha shartnoma yakunlanishiga 6 oy qolganida futbolchi boshqa klub bilan muzokaralar olib borishi mumkin. Reglament bo'yicha haqqim bor edi va o'zimni boshqa jamoada sinab ko'rishni istadim.

SHu o'rinda Baxtiyor Ashurmatovga "Qo'qon-1912"dagi faoliyatim uchun rahmat aytaman. U insondan ko'p narsalarni o'rgandim.

Alisher Salimov: - "Lokomotiv" O'zbekiston chempionatida o'z o'rniga ega klublardan biri. Jamoa bilan ushbu mavsum yaxshi natijaga erishib, kelasi mavsum OCHLda qatnashishni istayman.

- Umuman olganda "Lokomotiv"da tarkibning yosharishi qanchalik darajada muvaffaqiyatli kechishi mumkin?
- Yosh futbolchilar o'yin amaliyotiga va tajribaga ega. Ular ham maydonda qo'ldan kelgancha harakat qilib, borini berib o'ynashadi. Boshida qiynalishimiz mumkin, keyinchalik bir jamoa bo'lib shakllanib olgandan keyin barchaga boshog'riq bo'lamiz.

Maruf Jumaev: - "Lokomotiv" O'zbekistonning top-klublaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizdagi ko'plab futbolchilar bu jamoada o'ynashni istaydi. Biroq bu juda qiyin. Bunday sharafga ega bo'layotganimdan xursandman.

Jamoaga keladigan bo'lsak, ushbu mavsumda yuqori natijalar va ko'proq g'alabalar qayd etmoqchimiz. Bor kuchim bilan o'ynashga tayyorman.

- Pro-ligadan Superligaga o'tdingiz. O'rtadagi saviya qanday?
- Saviya juda katta. SHu sababli men ham bor kuchim bilan harakatlanib, darajamni oshirishga intilaman.

Jamoaga moslashish yaxshi kechmoqda. Futbolchilar juda yaxshi, ular bilan tezda chiqib ketishdim.

Rustam Nartadjiev: - "Lokomotiv"da 2014 yildan buyon borman. SHu erning tarbiyalanuvchisi hisoblanaman. Bu erga qaytish imkoniyati bo'lganida bundan foydalandim va tezda rozilik berdim. To'labek Akramov aytganidek, "Lokomotiv" o'z oldiga doim yuqori vazifalarni qo'yadi. SHu sababli yuqori o'rinlarni olishga harakat qilamiz.

- Siz ko'p bora boshqa jamoaga ijaraga berilgansiz. Futbolchi sifatida boshqa jamoaga ijaraga ketishdagi hissiyot qanday bo'ladi?
- Men o'zimni hech qachon "Lokomotiv"ga kerak emas deb hisoblamaganman. SHunchaki boshqa jamoaga borib, ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish orqali yuqori darajaga chiqishni istaganman. O'shanda "Lokomotiv"da Ignatiy Nesterov, Mamur Ikromov kabi tajribali darvozabonlar bo'lardi. Ular paytida menda imkoniyat past bo'lishini tushunardim. 

Murabbiylar bilan doimiy muloqotda bo'lganman va ular menga shunday takliflarni berib turishgan. Ammo shu paytgacha o'zimni "Loko" uchun keraksiz deb hisoblamaganman.

Jerom Etame: - O'tgan mavsumda Superligani kuzatdim va o'shandayoq "Lokomotiv"da o'ynashni istagandim. Mana niyatimga etishdim. Ushbu mavsumda g'alabalar ko'proq bo'lishiga va yaxshi o'yinlar namoyish etishga vada beraman.

- To'labek Akramov Siz kelishingizdan oldin bizga qarab: "Jamoaga Temmi Abraham kelyapti?", degandi.
- Men Neymar kabi bo'lishni istayman. U menga qo'ng'iroq qildi va sen menga keraksan dedi. Men esa iloji yo'qligini, "Lokomotiv"ga o'tganimni aytdim (kuladi). Doimo o'z oldingizga yuqori maqsad qo'yishingiz kerak.

- Jamoaga moslashish qanday kechdi?
- Bu erdagi tizim "Liverpul", "Manchester Siti", "Barselona" kabi. Bu erda ham faqatgina hujumga o'tish kerak. Bu esa menga yoqmoqda. Ushbu mavsumda gol urish borasida biror vada bera olmayman. Biroq qo'ldan kelgancha ko'proq gol urishga harakat qilaman.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика