So’nggi yangiliklar

12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  1 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  0 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  1 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  1 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  2 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  5 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  3 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  1 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда даҳшатли ўйинлар бор  23 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  5

“Lokomotiv” stadionida oilaviy suratga tushing va Samarqandga oilaviy sayohat qiling Yangiliklar

“Lokomotiv” stadionida oilaviy suratga tushing va Samarqandga oilaviy sayohat qiling

Xabaringiz bor, O'zbekistonda ichki turizm rivojlantirish va sportni xususan futbolni ommalashtirish bo'yicha yurtimizda ko'p qarorlar qabul qilinmoqda.

“Lokomotiv” futbol klubi ham ushbu yo'nalishda olib borilayotgan barcha islohotlarni qo'llab-quvvatlaydi.

Oldinroq xabar berib o'tganimizdek Pepsi Superligasining 11 turida “Lokomotiv” va “Buxoro” jamoalari o'zaro kuch sinashadilar. Ushbu o'yinda siz qimmatbaho yutuqlarni qo'lga kiritish bilan birga farzandlaringiz bilan maroqli hordiq chiqarishingiz mumkin.
“Lokomotiv” futbol klubi va klub bosh homiyi O'zbekiston Temir Yo'llari AJ tomonidan  stadionga oilaviy tashrif buyurgan muxlislar uchun ham alohida o'z sovrinlarini yutuq sifatida taklif etadi.

Siz muxlislardan faqat oilaviy tarzda suratga tushib uni “Lokomotiv” matbuot xizmatiga yuborsangiz kifoya. Siz yuborgan rasmlar klubning rasmiy Telegram kanalida elon qilinadi va ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi. Eng ko'p ovoz olgan oilaviy rasm egasi esa farzandlari bilan Samarqand shaxriga 4 kishilik “Afrosiyob” poezdida sayohat qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. SHu bilan birga ushbu rasm stadionda joylashgan katta ekranda va stadion hududiga namuna sifatida qo'yiladi. Yutuqlar soni va boshqa imkoniyatlar turdan turga ko'payib boradi. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang va stadionga tashrif buyuring.

Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv” – “Buxoro” uchrashuviga kirish tekin. CHiptalar “Lokomotiv” stadioni kassalarida tarqatiladi. O'yin 11 may kuni soat 20:30da boshlanadi. Barcha futbol ishqibozlarini oilaviy tashrifini kutib qolamiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика