So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  2 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  1 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  41 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  3

"Lokomotiv": "Saratondan soyabon bo'l" xayriya akciyasi. 12 yoshli qizchaga yordam beraylik Yangiliklar

"Lokomotiv": "Saratondan soyabon bo'l" xayriya akciyasi. 12 yoshli qizchaga yordam beraylik

O'zPFL tashabbusi bilan boshlangan "Saratondan soyabon bo'l" xayriya akciyasida "Lokomotiv" professional futbol klubi ham faol ishtirok etish niyati borligini malum qiladi.

SHu yilning 22 yanvar kuni 12 yoshga to'lgan Ro'ziboeva SHahzodaning orzulari ulkan. Uning ham o'zi tengi qizlar bilan chopqillab o'ynagisi, birgalikda maktabga borgisi va dars qilgisi keladi. Ammo 2017 yilning aprel oyidan beri bu qizcha saraton kasalligi bilan kurashib kelmoqda.

SHahzodaning Respublika maxsus onkologiya va radiologiya tibbiy markazida davolanish amaliyotini o'tab, muntazam shifokorlar ko'rigida bo'lishga to'g'ri kelyapti. Lekin uning yanada yaxshi davolanishi uchun Moskvaga yo'l olib, N.N.Bloxin nomidagi milliy onkologiya markazida davolanish muolajasini davom ettirishi lozim bo'ladi.

"Lokomotiv" PFK saraton xastaligi bilan kurashayotgan 12 yoshli Ro'ziboeva SHahzodani qo'llab-quvvatlaydi va uning tez orada sog'ayib ketishi uchun qo'ldan kelgancha yordam ko'rsatadi. SHu bilan birga muborak Ramazon oyida "Lokomotiv"ga befarq bo'lmagan saxovatli kishilarni ham SHahzodaga yordam qo'lini cho'zishlarini so'raymiz.

SHunday ulug' oyda ehson qilmoqchi bo'lgan futbol ishqibozlari uchun quyida Ro'ziboeva SHahzodaning dadasi Mamatkarimov Farhod Ro'ziboevich nomiga ochilgan plastik karta raqamini keltirib o'tamiz.

Kim qancha niyat qilsa, ko'nglidan kelib chiqqan holda diliga tugib qo'ygan ehsonini quyidagi plastik karta raqamiga o'tkazishi mumkin.

Karta raqami: 8600 0423 5775 2319 (Mamatkarimov Farhod Ro'ziboevich)

Yaxshilar, 12 yoshli qizchaning tezroq sog'ayib ketishi uchun ozgina bo'lsa ham o'z hissamizni qo'shaylik.

P.S. 17 may kuni bo'lib o'tadigan Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuviga tashrif buyuradigan saxovatpesha muxlislar uchun stadionga kiraverishda ehson qutisi o'rnatiladi.

Bunda 12 yoshli qizchaga yordam qo'lini cho'zmoqchi bo'lgan insonlar o'z imkoniyatlari darajasida xayriya qilishlari mumkin. Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvi juma kuni bo'lib o'tadi va soat 18:45da boshlanadi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика