"Lokomotiv" "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsga hozirlikni boshladi
22 okt 2017 21:09
Yangiliklar
"Lokomotiv" "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsga hozirlikni boshladi
Oliy Liga musobaqa jadvalini boshqarib borayotgan Toshkentning "Lokomotiv" klubi navbatdagi o'yinini 25 oktyabr kuni o'z maydonida "Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Bugundan "temiryo'lchilar" jamoasi mazkur o'yinga hozirlik jarayonini boshladi. Kunning ikkinchi qismida "Lokomotiv" stadionida mashg'ulot o'tkazildi. Mashg'ulot avvalida barcha engil yugurib oldi. So'ngra chigalyozdi mashqlari o'talgach, darvozabonlar Pyotr Gizimchuk boshchiligida alohida mashqlar jamlanmasini bajarishdi. Maydon o'yinchilari esa Mirko Yelichich rahbarligida ayrim taktik mashqlarni amalga oshirishdi. Yakunda barcha birgalikda to'p bilan muomala mashqlar jamlanmasini o'tadi.
Quyida jamoamizning bugungi mashg'ulotidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar