So’nggi yangiliklar

12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  0 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  5 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  7 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  1

Lokomotiv PFK ikki nafar legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

Lokomotiv PFK ikki nafar legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O'zbekistonning amaldagi chempioni va Kubok sohibi Lokomotiv PFK yaqinda ikki nafar legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

Kot-d’ Ivuar mamlakati fuqarosi hisoblangan himoyachi Muhammad Kone bilan hujumchi Gnoxore Krizo bundan buyon temiryo'lchiga aylanishdi. Ikkala futbolchi ham tibbiy ko'rikdan muvaqqiyatli o'tdi, shuningdek ularning o'yini murabbiylar shtabiga ham maqul keldi.

Malumki, bu futbolchilar dekabr oyining oxirlarida jamoamiz yig'iniga kelib qo'shilgandi. Olmaliqqa qarshi kechgan o'rtoqlik o'yinida ikkala legioner ham maydonga tushib, Mohamed Kone himoya markazida ishonchli o'yin ko'rsatgan bo'lsa, hujumchi Krizo ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Yangi yildan keyingi mashg'ulotlarda ham futbolchilar o'zlaridan iliq taassurot qoldirishdi. Ular ham xarakter, ham o'yin tomonlama ham jamoamizga to'liq mos kelishdi va natijada klub rahbariyati shartnoma imzolashni lozim topdi.

Malumot uchun, markaziy himoyachi Muhammad Kone 1993 yilning 12 dekabrida tug'ilgan. Fuqaroligi: Kot-d’ Ivuar. Kone himoyada o'z vaqtida joy tanlay oladi, shuningdek bosh va gavda bilan o'ynashi ham joyida. U 2015-2016 yilgi mavsumni Moldovaning Olimpiya klubi safida o'tkazib, 25ta uchrashuvda maydonga tushgan. 2016 yilgi mavsumning qolgan qismida Kiprning Karmiotissa klubi sharafini himoya qilib, 14ta uchrashuvda ishtirok etgan. Muhammad Kone Kot-d’ Ivuar terma jamoasiga nomzod futbolchilardan biri hisoblanadi.

19 yoshli hujumchi Gnoxore Krizo esa 1997 yilning 20 iyunida tug'ilgan. Fuqaroligi: Kot-d’ Ivuar. Krizo hujumda sekin ko'ringani bilan golli vaziyatlarni tez o'qiy oladi. Eng muhimi u hali ancha yosh. SHuni aytish kerak, Krizo o'z vaqtida Milanning Inter klubi akademiyasida ham saboq olgan. Jamoaning bir qator yig'inlari va uchrashuvlarida ishtirok etgan. Malumot uchun, afrikalik yosh hujumchi 2016 yilning birinchi davrasini Belarusning Slutsk klubida o'tkazgan. Ikkinchi davrada esa Moldovaning Saksan jamoasi tarkibiga borib qo'shilgan. Gnoxore Krizo Kot-d’ Ivuar yoshlar terma jamoasiga nomzod futbolchilardan biri va bir necha bor termaga taklif etilgan.



Futbol muxlislari yaxshi bilishadi, Kot-d’ Ivuar futbol mamlakati hisoblanadi, U erdan Dide Drogba, Aruna Kone, Yaya Ture, Kolo Ture, Seydu Dumbiya, Jervino, Salomon Kalu, Emmanuel Ebue, Artur Boka singari bir qator mashhurlar etishib chiqqan. O'ylaymizki, Lokomotivga taklif etilgan ikki legioner ham yangi mavsum mobaynida o'zlarini ko'rsata olishadi va jamoamizga sovrinlarni yutishda ko'p bor yordam berishadi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика