"Lokomotiv"dan o'zgacha uslubdagi fototaqdimot
13 mar 2023 13:34
Yangiliklar
"Lokomotiv"dan o'zgacha uslubdagi fototaqdimot
"Lokomotiv" PFK yangi mavsumda Jako sport kiyimlaridan foydalanadi.
Bugun jamoa futbolchilari "O'zbekiston temir yo'llari" AJga qarashli "Temir yo'l texnikasi muzeyi"da bo'lib, yangi forma fototaqdimotida ishtirok etishdi.
Fototaqdimotda futbolchilardan Marat Bikmaev, Oleg Zoteev va Islom Qobilov hamda darvozabonlardan Abdumavlon Abdujalilov bilan Rustam Nartajiev qatnashdi.
Bu yilgi fototaqdimotni o'zgacha uslubda, yani "Lokomotiv" PFK bosh homiysi "O'zbekiston temir yo'llari" AJ muzeyida o'tkazishni lozim topilgani, etiborga loyiq.
"Lokomotiv" yangi mavsumda ham barcha "temiryo'lchilar"ni o'z o'yini hamda ijobiy natijalari bilan xursand qilish uchun astoydil harakat qiladi.









O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar