So’nggi yangiliklar

00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   32 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  218 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  2

"Lokomotiv" nazorat uchrashuvida "NBU-Osiyo"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Lokomotiv" nazorat uchrashuvida "NBU-Osiyo"ni mag'lub etdi

Toshkent Temir Yo'l Muhandislari Instituti hududida joylashgan futbol maydonida bugun “Lokomotiv” Toshkentning “NBU-Osiyo” jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Yuzaga kelgan 17 kunlik tanaffusda futbolchilar o'yin amaliyotiga ega bo'lishi va sport formasini yaxshi darajada saqlab turishi maqsadida o'tkazilgan yana bir nazorat uchrashuvida Vadim Abramov asosiy tarkibning deyarli barcha azosini sinab ko'rdi.

Uchrashuvda “Lokomotiv” katta ustunlikka ega bo'lgan bo'lsa-da, “NBU-Osiyo” futbolchilari o'zlari yaratgan kam sonli hujumlarini muvaffaqiyatli yakunlay olishdi.

O'yinning 16-daqiqasida qarshi hujumdan keyin yaxshi vaziyatga chiqib borgan tajribali Leonid Koshelev Temur Jo'raev qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi. “Lokomotiv”da birinchi bo'lim davomida juda ko'plab yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Biroq hisobni tenglashtirish nasib etmadi. Ikkinchi bo'lim avvalida yana o'sha Koshelev hisobni 2:0ga etkazganidan so'ng “temir yo'lchilar” hujumga zo'r berdi va ko'p o'tmay, o'yinning 55-daqiqasida Akmal Holmatov hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi.

Birozdan so'ng chap qanotdan hujum uyushtirgan Jasur Hasanov (kichigi) o'zining bilyardchilarga xos aniq zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi.

Butun o'yin davomida juda faol o'yin namoyish etgan Farhod Tojiev esa o'yin so'nggida dubl qayd etdi. O'zining birinchi golining o'ng qondan uzatilgan to'pni boshi bilan kiritganida o'yinning 85-daqiqasi o'tib borayotgan edi. Hakam o'yin tugagani haqidagi xushtagini chalishidan biroz avval esa u yana bir bor o'z nomiga gol yozib qo'yishga ulgurdi – 4:2.

O'rtoqlik uchrashuvi.

“Lokomotiv” – “NBU-Osiyo” 4:2

Gollar: Akmal Xolmatov (55), Jasur Xasanov (62), Farhod Tojiev (85, 90) - Leonid Koshelev (16, 48).


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика