So’nggi yangiliklar

16:34Деле Алли фаолиятини якунлагани йўқ  0 16:05Магуайр "Манчестер Юнайтед" сардорлар кенгашида  0 15:42Ирландия клуби футболчи билан тузган шартномасини 4 кун ўтиб бекор қилди  0 15:17"Барча даврларнинг энг ортиқча баҳо бериб юборилган инглиз футболчиси". АПЛ собиқ футболчиси Пол Скоулзнинг буюклигини уйдирма деб ҳисоблайди  8 14:50"Арсенал" 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  2 14:25ЖЧ йилида ПФЛ режаларида ўзгаришлар бўлиши мумкин: ташкилот 3 та вариантни илгари сурди  2 14:12Ўзбекистон U-17 қизлар терма жамоаси йиғин бошлади  0 13:51Аморим: "Манчестер Юнайтед"да 20 йил ишламоқчиман"  1 13:31"Андижон" "Қўқон-1912" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллаган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 13:17"Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан устун келган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:03ОКМК "Бухоро"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:46Виктор Гёкереш "Арсенал"га трансферидан олдин Лондонда бизнес бошлаган  0 12:20​38 ёшли Давид Луис "Пафос" футболчисига айланди  1 11:57Эржан Токотаев: "Биринчи ўйинимда гол ўтказмаганимдан мамнунман"  8 11:35Тимур Кападзе: "Ўзбекистоннинг мақсади – тарих яратишни давом эттириш. Ўртоқлик ўйинларида янги футболчиларни синаб кўрамиз"  12

“Lokomotiv”, “Nasaf” va “Buxoro” klubi direktorlari "Everton"da malaka oshirishadi Yangiliklar

“Lokomotiv”, “Nasaf” va “Buxoro” klubi direktorlari "Everton"da malaka oshirishadi

O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Angliyaga tashrifi chog'ida Angliya Futbol Associaciyasi rahbariyati bilan uchrashib, kelgusida ikki Associaciya o'rtasida hamkorlik qilish va o'zaro tajriba almashish borasida suhbatlashgan va bu borada ikki tomonlama kelishuvga erishilgan edi.

Ushbu kelishuv asosida, O'zbekiston Futbol Associaciyasi Superligada ishtirok etuvchi klublar direktorlari, shuningdek, Angliyaning “Everton” va “Arsenal” kabi grand klublariga borib, u erda tajriba va malaka oshirishlari lozim edi.

Takidlash lozim, bugun ushbu hamkorlik doirasida ilk kelishuv amalga oshirildi. Unga ko'ra, O'zbekiston Superligasi klublari, jumladan, “Lokomotiv”, “Nasaf” va “Buxoro”klublari direktorlari Angliyaning “Everton” klubida malaka oshirish uchun Angliyaga jo'nab ketishdi. Klublar rahbarlari “Everton”ga tashrifi davomida u erdagi infratuzilma va sharoitlar, futbol sohasida Angliyada qo'llanilayotgan yangi texnologiyalar borasida tajriba to'playdilar.

Malumki, Angliya futbol infratuzilmasi, akademiyalar nufuzi va boshqa bir nechta jihatlar borasida dunyoda etakchilardan hisoblanadi va shu bois klub rahbarlarini u erga jo'natish va tajriba orttirishlari uchun O'FA hamda O'zPFL tomonidan sharoitlar yaratildi. Bu esa, birinchi navbatda Liga saviyasi, futbol infratuzilmasi rivoji uchun yutuqdir.

Takidlash lozim, O'zbekistondagi boshqa klublar vakillarini ham Angliyaga malaka oshirishga jo'natish uchun boshqa kelishuvlar ham amalga oshirilmoqda. SHuningdek, klublar direktorlarini Gollandiyaning “Ayaks” klubiga ham yuborish borasida ayni damda muzokaralar olib borilmoqda. Bu borada, har ikkala mamlakat futbol associyaciyalari bilan hamkorlik kelishuviga erishilgan.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика