So’nggi yangiliklar

10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   2 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  1 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  11 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  8 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  4

"Lokomotiv" muxlislarni eshitishga tayyor, biz bilan bog'laning Yangiliklar

"Lokomotiv" muxlislarni eshitishga tayyor, biz bilan bog'laning

Toshkent, 1 aprel - Futbolni muxlislarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Muxlislarsiz stadion go'yoki tomoshabini yo'q teatrga o'xshab qoladi.
Natijada aktyor o'z rolini qoyillatib ijro qila olmaydi, o'z rolini maromida etkazib o'ynashi uchun esa unga zalda o'tirgan tomoshabin olqishi ko'mak beradi.

Futbolda ham shunday: stadionga qancha ko'p ishqiboz kelsa, o'yin ham shunga yarasha keskin kechadi, futbolchilar jon koyitib harakat qilishadi. "Lokomotiv" futbol klubi joriy mavsum ham o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yganidan xabaringiz bor. Buning uchun jamoa qadam-baqadam o'sishga, yanada rivojlanishga intilib kelmoqda. Lekin har bir jamoa faoliyatida muxlislarning qo'llab-quvvatlashi, odamlarning etibori katta rol o'ynaydi.

Biz "Lokomotiv" futbol klubiga beetibor bo'lmagan ko'p sonli muxlislarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda ishqibozlar uchun alohida elektron pochta qutisi tashkil qildik. Endi siz bemalol ushbu elektron manzil (lokomotiv.fans@mail.ru) orqali klub rahbariyatiga o'z taklifingiz hamda o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. Rahbariyat imkon qadar har bir savol va taklifni atroflicha o'rganib chiqadi va shunga monand javob beradi. Zero, biz "Lokomotiv"ga muxlislik qiladigan har bir kishini diqqat bilan eshitishga tayyormiz. O'z oldiga O'zbekiston chempioni bo'lish vazifasini qo'ygan "Lokomotiv" uchun muxlislar ko'magi nihoyatda zarur. SHunday ekan, o'yin kunlari stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlang va klub rahbariyatiga qanday savollaringiz bo'lsa, quyidagi elektron pochta orqali murojaat qiling.

Elektron manzilimiz: lokomotiv.fans@mail.ru
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика