So’nggi yangiliklar

12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  0 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  4 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  20 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  9 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  15 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  10 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  5

"Lokomotiv" mashg'ulotlariga chernogoriyalik hujumchi qo'shildi Yangiliklar

"Lokomotiv" mashg'ulotlariga chernogoriyalik hujumchi qo'shildi

Teglar :  Lokomotiv
BAAning eng ko'rkam shaharlaridan biri Dubayda yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Lokomotiv" mashg'ulotlariga legioner hujumchi kelib qo'shildi.

CHernogoriyalik hujumchi Ivan Vukovich hozircha ko'rikdan o'tmoqda. Uning jamoada qolish-qolmasligi hali aniq emas.

Malumot o'rnida shuni aytib o'tishimiz mumkin, Ivan Vukovich 1987 yilda tug'ilgan bo'lib, hujum chizig'ida to'p tepadi. Faoliyati davomida Xorvatiyaning "Xayduk", Janubiy Koreyaning "Seongnam", Serbiyaning "OFK Beograd", CHernogoriyaning "Mladost", shuningdek Isroilning "Makkabi Netanya" klublarida to'p surgan. Bo'yi 179 sm. bo'lgan hujumchi ham hujum chizig'ida, ham hujum ortida birdek o'ynay oladi.

Ivan Vukovich Evropa Ligasi bahslarida ham ishtirok etgan. Xususan, u 2012 yil 9 avgustda bo'lib o'tgan Evropa ligasi uchinchi saralash bosqichida Milanning "Inter" klubiga qarshi maydonga tushib, juda chiroyli gol muallifi bo'lgan. O'shanda futbolchi "Xayduk" safida o'ynardi. Bundan tashqari, Vukovich 2009 yilning 18 noyabrida CHernogoriya milliy terma jamoasida o'z debyutini nishonlagan. CHernogoriyaliklar Belarus termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishgandi.

Aytib o'tganimizdek, bu hujumchi hozircha "Loko" mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda va klub bilan shartnoma imzolagudek bo'lsa, bu haqda darhol xabar qilamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика