So’nggi yangiliklar

07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  0 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  19 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  2 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8

"Lokomotiv M" - "Krasnodar", "Roma" – "Yuventus" va haftaning qolgan muhim o'yinlari Yangiliklar

"Lokomotiv M" - "Krasnodar", "Roma" – "Yuventus" va haftaning qolgan muhim o'yinlari

Ushbu haftada Rossiya Premer Ligasida faoliyat olib borayotgan hamyurtlarimiz Odil Ahmedov va Vitaliy Denisovlar to'qnashuviga guvoh bo'lamiz.

SHuningdek, Skudetto uchun kurashda ashaddiy raqiblar, Myunxendagi jang, "Monako" - PSJ, "Sevilya" - "Atletiko" o'yinlari ham muxlislarimiz uchun qiziq bo'lishi aniq.


Real Madrid – Betis. (shanba. 01:30)
Bugun Benitesda dastlabki turdagi durang tasodif ekanligini isbotlash uchun imkoniyat bor.


SHuningdek, kataloniyaliklar ham bugun "Malaga"ni qabul qiladilar.
Barselona – Malaga. (shanba. 23:30).


Lokomotiv – Krasnodar. (yakshanba. 15:30)
RPLda faoliyat olib borayotgan ikki nafar yurtdoshlarimizning to'qnashuvi. Siz ushbu o'yinda qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?


Suonsi – Manchester Yunayted. (yakshanba. 20:00)
Asta-sekin o'ziga kelayotgan Lui van Gal shogirdlari chempionatning stabil jamoalaridan biri Suonsi maydonida mehmon bo'ladilar.
SHuningdek, bugun soat 16:45 da bo'lib o'tadigan Nyukasl – Arsenal o'yini ham APL muxlislari uchun qiziq bo'lishi aniq.


Monako – PSJ. (yakshanba. 23:55)
Franciya chempionati etakchilarining o'zaro uchrashuvi. Franciyada davraning markaziy o'yinlaridan biri desak ham bo'ladi.


Sevilya – Atletiko. (yakshanba. 23:30)

Ushbu o'yin ham Ispaniyada turning markaziy o'yini hisoblanadi.


Bavariya – Bayer. (shanba. 21:30)

Germaniyada mavsumning muhim o'yinlaridan biri bo'lishi shubhasiz. Ikkala jamoa ham bundan oldingi o'yinlarda g'alaba qozonganlar va turnir jadvalida yuqori o'rinlarda bormoqdalar.


Roma – Yuventus. (yakshanba. 21:00)
CHempionlik uchun kurashda turinliklarga aynan "Roma" asosiy raqib bo'lishini hisobga oladigan bo'lsak, o'yinning ahamiyatini tasavvur qilish qiyin emas.


O'yinlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика