“Lokomotiv” hamda “Flitvud Taun” o'rtasidagi hamkorlik davom etadi
10 okt 2017 16:54
Yangiliklar
“Lokomotiv” hamda “Flitvud Taun” o'rtasidagi hamkorlik davom etadi
Tobora professionallik sari intilayotgan “temiryo'lchilar” “klub imiji”ni shakllantirish asnosida ingliz jamoasi bilan ko'p tomonlama hamkorlik borasida bitim imzolagan. Natijada “Lokomotiv”ning ikki nafar yosh istedodli o'yinchilari – darvozabon Rustam Nartadjiev hamda himoyachi Sergey Proxorov 2015 yilda 3 oy mobaynida “Flitvud Taun” jamoasi qarorgohida bo'lib, tajriba orttirib qaytishgan edi.
Endilikda “Lokomotiv”ning navbatdagi delegaciyasi ingliz diyoriga yo'l olmoqda. “Lokomotiv” jamoasining yosh iqtidorli futbolchilari orasidan tanlab olingan 17 yoshli o'yinchi Xurmatbek Yo'ldoshev hamda “Flitvud Taun” jamoasi murabbiylar shtabining iltimosiga ko'ra darvozabon Rustam Nartadjiev yana bir bor ingliz klubida malaka oshirish imkoniga ega bo'lishadi.
Bugun ushbu ikki yosh futbolchi klub rasmiylari bilan birgalikda Angliyaga yo'l olishdi. Ular 3 oy davomida inglizcha tizimda mashg'ulot o'tashadi va “Flitvud Taun” jamoasi yoshlar tarkibida uchrashuvlarda maydonga tushishadi.
Fikrlar