So’nggi yangiliklar

10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   2 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  1 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  11 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  8 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  4

"Lokomotiv" hafta ichida (23-29 mart) Yangiliklar

"Lokomotiv" hafta ichida (23-29 mart)

Toshkent, 30 mart - Mana yangi haftani ham boshlab oldik. Bundan buyon klubimiz rasmiy sayti orqali har dushanba kuni o'tgan bir hafta ichida ro'y bergan voqealarni yoritib borishga harakat qilamiz.
"Lokomotiv" futbol klubiga befarq bo'lmagan muxlislarni hafta yakunlari ham befarq qoldirmaydi degan umiddamiz. Demak, o'tgan hafta davomida "Lokomotiv" jamoasiga oid quyidagi voqealar ro'y berdi.

Yoshlar ligasida "Lokomotiv" "Neftchi"ni mag'lub etdi (23 mart)

Yoshlar ligasining 2-turidan o'rin olgan bahsda "Lokomotiv" o'rinbosarlari "Neftchi" bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Mazkur bahsda Ikrom Aliboev va Temur Usmonov tomonidan kiritilgan gollar "Loko" yoshlariga uch ochkoni taqdim etdi. Ayni paytda "Lokomotiv" yoshlar ligasi turnir jadvalida 4 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi.

Yosh futbolchilarimiz xotira turnirida sovrindor bo'lishdi (25 mart)

Toshkentda marhum darvozabon Aleksandr Ivankov xotirasiga bag'ishlab bolalar o'rtasida turnir o'tkazildi. Bu turnirda qatnashgan "Lokomotiv" futbol maktabining 2004-2005 yillarda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Otabek Mansurov shogirdlari musobaqa davomida yaxshi o'yin ko'rsatishdi, faqat final uchrashuvida biroz omad kelmadi.

Uch nafar futbolchimiz Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushdi (27 mart)

O'zbekiston milliy terma jamoasi safarda Janubiy Koreyaga o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. O'yin 1:1 hisobida yakun topdi.
Mazkur bahsda "Lokomotiv"ning uch nafar futbolchisi ham maydonga tushdi. Himoyachi SHavkat Mullajonov o'yinni asosiy tarkibda boshlab, bir bo'lim harakat qilgan bo'lsa, Sardor Mirzaev o'yin tugashiga 15 daqiqa qolganida, Lutfulla To'raev esa o'n daqiqa qolganida zaxiradan maydonga tushirildi.

"Lokomotiv" o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozondi (28 mart)

Oliy ligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, "Lokomotiv"ning asosiy tarkibi "Mashal"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. TTYMI stadionida bo'lib o'tgan bahsda "temiryo'lchilar" yirik 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yinda Damir Koyashevich, Marat Bikmaev, Ikrom Aliboev va Karen Abramov "Loko" tomonidan kiritilgan gollarga mualliflik qilishdi.

Ignatiy Nesterov maydonga qaytdi (28 mart)

"Lokomotiv" hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov jarohatidan qutulib yana safga qaytdi. U "Mashal" bilan kechgan nazorat bahsining ikkinchi bo'limida maydonga tushib, bir taym "Loko" darvozasini qo'riqladi. O'yinda "Lokomotiv" 4:1 hisobida raqibdan ustun keldi.

Futbolchilarimiz olimpiya terma jamoasida (27, 29 mart)

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati (U-23) saralash bosqichi doirasida Hindiston va Bangladeshga qarshi maydonga tushdi. Hindiston 2:0 hisobida mag'lub etilgan bo'lsa, Bangladeshni 4:0 hisobida yutdik. Bu o'yinlarda "Lokomotiv" futbolchilari ham ishtirok etishdi. Bular - Bobur Yo'ldoshev, Alisher SHog'ulomov, shuningdek ijara asosida "Neftchi"da o'ynayotgan Sardor Rahmonov.

"Lokomotiv" tarbiyalanuvchilari Turkiyada sovrindor bo'lishdi (29 mart)

Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan bolalar o'rtasidagi "Turkish holidays" ("Turkcha tatillar") deb nomlangan futbol festivalida "Lokomotiv" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ham qatnashdi. Bu musobaqada futbol maktabimizning 2003 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari birinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, 2000, 2004 va 2006 yillarda tug'ilgan futbolchilarimiz 3-o'ringa ega chiqishdi.

Ruslan Koryan Armaniston terma jamoasi safida maydonga tushdi (29 mart)

"Lokomotiv" hujumchisi Ruslan Koryan Armaniston termasi safida o'z debyutini nishonladi. Evro-2016 saralash bosqichidan o'rin olgan Albaniya bilan uchrashuvning 84-daqiqasida Koryan zaxiradan maydonga tushdi. Elbasan shahrida o'tkazilgan o'yinda Armaniston 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика