So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  10 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  70 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  3 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  2 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  0 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  5 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   9 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

"Lokomotiv" G'uzorda yirik g'alabaga erishdi Yangiliklar

"Lokomotiv" G'uzorda yirik g'alabaga erishdi

Oliy liganing 13-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Lokomotiv" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.
SHo'rtan (G'uzor) – Lokomotiv (Toshkent) 0:4 LIVE
20 iyun 2015. G'uzor. "G'uzor" stadioni. 18:30
Hakamlar:
H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov 38, - 0:1. Jasur Hasanov (katta) 46, - 0:2 (Ikrom Aliboev). Sanjar SHoahmedov 55, - 0:3 (Jasur Hasanov (katta). Marat Bikmaev 66, - 0:4 (Ikrom Aliboev)
"SHo'rtan": 30.Timur Jo'raev, 4.Jamol Otaqulov, 5.Asror Aliqulov, 7.Viktor Karpenko, 9.Igor Taran, 14.Umar Eshmurodov, 17.Mirzakamol Kamolov, 18.Eldor Boymatov, 19.Suhrob Berdiev, 21.G'ulom Haydar Gulyamov, 22.Laziz Ubaydullaev (11.Zafar Polvonov, 46).
Zaxira: 1.Eldor Tojiboev, 10.Viktor Klishin, 15.Husniddin G'ofurov, 27.Olim Karimov, 28.Murod Rajabov, 29.SHerzod SHaripov.

"Lokomotiv": 12.Mamur Ikromov, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (10.Marat Bikmaev, 57), 13.Lutfullo To'raev, 16.Jasur Hasanov (kichik), 17.Salim Mustafoev, 18.Temur Kapadze, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Sanjar SHoahmedov, 28.Ikrom Aliboev (8.Sardor Mirzaev, 70), 31.Nemanya Yanichich, 77.Jasur Hasanov (katta) (33.Oleg Zoteev 59).
Zaxira: 1.Ignatiy Nesterov, 4.Bobur Yo'ldoshev, 7.Ruslan Koryan, 9.Dilshod Rahmatullaev,

Ogohlantirishlar: Eldor Boymatov 45 - Lutfulla To'raev 83

 
                                MATNLI TRANSLYACIYA
                                          
YANGILASH

90+1. Uchrashuv yakunlandi. "Lokomotiv" safarda yirik g'alabaga erishdi

90.
O'yinga 1 daqiqa qo'shib berildi

89.
Marat Bikmaev gol urdi, lekin hakamlar uni o'yindan tashqari holatda qolgan deb hisobladi

86. O'zgarish. "SHo'rtan".
Igor Taran o'rniga Viktor Klishin tushdi

85.
Karpenkoning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

83.
Lutfulla To'raev ogohlantirildi

81.
Temur Kapadze maydon markazidan turib Temur Jo'raev darvozasini ishg'ol urishga urindi. Zarba noaniq

78.
CHap qanotdan "Loko" jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni egallashda Maxmur Ikromov xatoga yo'l qo'ydi, bo'sh qolgan darvozaga esa Taran to'pni yo'llay olmadi. Hujumchi darvozabonning sovg'asini kutmagandi chog'i

77.
Igor Taranda yaxshi imkoniyat bo'lgandi, uning zarbasi darvozaga etib bormadi

75.
O'yin davom etadi.

72.
Jamoalarga kichik tanaffus berildi, kun juda ham issiq bo'lganligi uchun

70. O'zgarish. "Lokomotiv".
Ikrom Aliboev o'rniga Sardor Mirzaev tushdi

69.
Bikmaev SHoahmedovni darvozabon bilan birag bir vaziyatga chiqardi, Sanjarning erlatib uzoq burchakka yo'llagan zarbasi biroz noaniq chiqdi

66. Aliboevning chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatgan to'pini Marat Bikmaev bir zarba bilan darvozaga kiritdi - 0:4

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! 0:4 Marat Bikmaev

63.
"SHo'rtan"ning tezkor hujumi. CHap qanotdan jarima maydonchasiga uzatilgan to'pga mezbonlardan hech kim etib kela olmadi

60.
Karpenkoning jarimadan yo'llagan zarbasini Mamur Ikromov egallab oldi

59. O'zgarish. "Lokomotiv".
Jasur Hasanov (katta) o'rniga Oleg Zoteev maydonga tushdi

57. O'zgarish. "Lokomotiv".
Temurxo'ja Abduxoliqov o'rniga Marat Bikmaev tushdi.

55. Bu safar Jasur Hasanov o'ng qanotdan Otaqulovni yosh bolalarcha aldab o'tib to'pni o'tkir burchak ostida darvozaga yo'lladi. Darvozabondan qaytgan to'p yana Hasanovga kelib tushdi. Jasur tupni SHoahmedovga uzatdi. Sanjarning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Temur Jo'raev qaytarishga ojizlik qildi - 0:3


55. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sanjar SHoahmedov 0:3

54. Igor Taranning jarima maydonchasi ichiga kirar kirmas yo'llagan kuchli zarbasini Mamur Ikromov bartaraf etdi

53. Lokoning ajoyib kombinaciyasi. Aliboev- Kapadze-Turaev- Hasanov-Abduholiqov kombinaciyasidan keyin Temurxo'janing zarbasi rikoshet holatida darvozaga yo'l oldi. Temur Jo'raev jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi

47. Aliboev uzatib bergan to'pni Jasur Hasanov jarima maydonchasi ichida qabul qilib oldi va bir himoyachini aldab o'tib erlatib uzoq burchakka aniq yo'lladi - 0:2.

46. GOOOOOOOOOOOOOL! 0:2.

46. O'zgarish. "SHo'rtan".
Laziz Ubaydullaev o'rniga Zafar Polvonov tushdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim tugadi

45+3.
Sanjar SHoahmedov Jasur Hasanovni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Ammo Temur Jo'raev chaqqonroq harakat qilib to'pni Hasanov egallashiga yo'l qo'ymadi

45+2.
Salim Mustafoevning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi

45.
Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi

45. Eldor Boymatov maydon markaziga yaqin joyda Lutfulla To'raevga nisbatan o'yin qoidasini buzdi va OGOHLANTIRILDI.

44. Yana o'sha juftlikdan xavfli hujum. Jasur Hasanov o'z qanotida ikki raqibni ortda qoldirib to'npi jarima maydonchasi ichida turgan Abduholiqovga uzatdi. Temurxo'ja to'pni o'ziga to'g'irlab aylanma zarba berdi. Noaniq

38. Jasur Hasanovning chap qanotdan erlatib uzatib bergan to'pini himoyachilar bartaraf etishga urinishdi, darvozabon to'pni qaytardi. Ammo Temurxo'ja to'pni o'ziga qulay tarzda to'xtatib oldi va kuchli zarbasi bilan yaqin masofadan darvozani ishg'ol etdi - 0:1

38. GOOOOOOOOOOOOOOOL! 0:1. Temurxo'ja Abduxoliqov


35. "Temiryo'lchilar"ning tezkor hujumidan keyin Jasur Hasanov uzatib bergan to'pni Abduholiqov darvozaga aniq yo'lladi. Ammo qanot hakami Jasur ofsaydda qolganini qayd etdi. Bosh hakam golni hisobga olmadi

28. O'yin davom etadi

27. Ob havo issiqligi sababli bosh hakam o'yinda bir daqiqalik tanaffus elon qildi.

25. "Loko" futbolchilari "SHo'rtan" jarima maydonchasi oldida mezbonlarni siquvga olishdi. Ikki marta Jo'raev mahorat ko'rsatdi. So'nggi zarba esa himoyachi Jamol Otaqulovga tegib maydonni tark etdi.

22. "Loko"ning tezkor hujumi. Jasur Hasanov qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va to'pni Temurxo'ja Abduxoliqovga uzatdi. Hujumchining yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Temur Jo'raev mahorat ko'rsatib, qaytarishga erishdi.

18. Zaxira hakami Rustam Lutfullin qanot hakami Temur Gaynullinni almashtirdi.

15. O'yinni bosh hakam to'xtatdi. Qanot hakamiga "SHo'rtan" shifokorlari yordam ko'rsatishmoqda. Issiq ob havo qanot hakamiga tasir ko'rsatgan shekilli

14. Mehmonlar sekin astalik bilan hujumkorlikni oshirishmoqda. "SHo'rtan" futbolchilari maydon markazidan uyoqqa o'ta olishmayapti

10. Lutfulla To'raevning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi osmonu falakka yo'l oldi

8. Temur Kapadze chap qanotda ochilib borayotgan Jasur Hasanovga to'pni ajoyib tarzda oshirib berdli Ammo Temur Jo'raev tezlik bilan to'pga yugurib chiqib xavfni bartaraf etdi

7. Lutfulla To'raev tomonidan chamasi 25 metrlardan amalga oshirilgan jarima zarbasi noaniq ko'rinish oldi

4. "SHo'rtan"ning xavfli hujumi. Suhrob Berdiev o'ng qanotda raqib jarima maydonchasiga kirib borib to'pni Taranga oshirdi. Igor to'pni o'zidan uzoqlashtirdi.

2. Mehmonlarning xavfli hujumi! Sanjar SHoahmedov sal qolsa hisobni ochardi.

1.Uchrashuv soat 18:30da boshlandi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика