So’nggi yangiliklar

17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  0 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  9 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  10 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  4 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  2 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  4 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  6 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  2 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2

"Lokomotiv" himoyachisi va tojikistonlik futbolchi "Andijon" yig'iniga qo'shildi Yangiliklar

"Lokomotiv" himoyachisi va tojikistonlik futbolchi "Andijon" yig'iniga qo'shildi

"Andijon" klubining Antaliyada davom etayotgan yig'iniga yangi futbolchilar qo'shilishda davom etyapti.

Bugun "Andijon" safiga yangi o'yinchilar keladigan kun. 

Ulardan biri bir necha daqiqa oldin jamoa istiqomat qilayotgan "Asteria Kremlin Palace" mehmonxonasiga etib keldi. Bu – istedodli himoyachi Dilshod Komilov bo'lib, ishqibozlar ushbu o'yinchini “Lokomotiv” klubidagi o'yinlari orqali yaxshi biladilar. 

24 yoshli futbolchi Turkiya yig'iniga "Lokomotiv" bilan birga kelgandi va u bilan muzokaralar ijobiy yakunlangach, Komilov "Andijon" ixtiyoriga ko'chib o'tdi. 

Dilshodni "Andijon" klubi vakillari iliq qarshi oldilar va birozdan so'ng yangi jamoasidagi ilk mashg'ulotini boshlaydi.



"Andijon" safini to'ldirgan navbatdagi yangi futbolchi – tojikistonlik tajribali o'yinchi Axtam Nazarov. 

Klub vakillari Antaliya aeroportida futbolchini kutib oldilar va "Asteria Kremlin Palace" mehmonxonasida "Andijon" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev boshchiligidagi rahbariyat futbolchi bilan bir piyola choy ustida suhbatlashdilar.

Qanot himoyachisi Axtam Nazarov Tojikiston milliy terma jamoasining sardori va etakchisi sanaladi. 2012 yildan buyon mamlakatning bosh jamoasi uchun o'ynab kelmoqda. Hozirga qadar terma jamoa libosida 60 ga yaqin uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. 

SHuningdek, Nazarov Tojikistonning birinchi raqamli klubi – "Istiqlol" safida uzoq yillardan beri to'p tepib kelgan. Tabiiyki, faoliyati davomida bir qancha sovrinlarni qo'lga kiritgan.



Avvalroq andijonliklar Dilshod Komilov va Axtam Nazarovni safiga qo'shil olishini malum qilgan edik.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика