So’nggi yangiliklar

09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  0 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  0 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  9 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  68 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  1

“Lokomotiv”: Futbolchilar rahbariyatga so'z berishdi Yangiliklar

“Lokomotiv”: Futbolchilar rahbariyatga so'z berishdi

Toshkent, 21 mart – Kecha “Lokomotiv” klubi bazasida, rahbariyat, “O'zbekiston Temiryo'llari” kompaniyasi mutassaddilari, futbolchilar, jamoa mamurlari va murabbiylar o'rtasida qo'shma yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishning asosiy mavzusi, jamoadagi muammolarni o'rganish, yaqinda Qatarda bo'lib o'tgan mag'lubiyat sabablarini ko'rib chiqish, kamchiliklarni bartaraf etishga bag'ishlandi.

Rahbariyat va mutasaddilar, “Al-Sadd” jamoasiga qarshi o'yindagi yirik mag'lubiyat (2:6 hisobida) nafaqat “Lokomotiv”, balki o'zbek futboli shaniga tushirilgan dog' ekanini takidlab, bu sharmandalikka nima sabab bo'lgani bilan qiziqishdi.

Murabbiylardan Andrey Miklyaeev so'zga chiqib, bu kabi uyatli hisob va palapartish o'yinni hech qanday bahona bilan oqlab bo'lmasligini aytib, jamoaga yana bir imkoniyat berishni iltimos qildi. “Bir oy davomida, klubimizda tartib o'rnatib, g'alabalar bilan ham muxlislarni, ham rahbariyat ishonchini oqlashga harakat qilamiz, aks holda bizga bu erda o'rin yo'q”, - deydi murabbiy.

Rahbariyat futbolchilarga yuzlanar ekan, “nima uchun jamoada bunchalik beparvolik mavjud, vatan oldidagi burch, vatanga, yurtga nisbatan hurmat, g'urur degan tushunchalar bormi”, deya murojaat qildi. “Agar bo'lsa, nima sababda shu g'urur va shan uchun kurashish sust”, - degan savolga jamoa sardori Timur Kapadze javob berdi.

“Biz uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan kelib chiqib, yomon futbol ko'rsatishimiz kechirilmas bir ishdir. Futbolda mag'lubiyatlar bo'lib turadi, biroq hamma ham bundan to'g'ri o'z xulosa chiqara olmaydi. Yigitlarda psixologik bosim bo'lgan bo'lishi mumkin, biroq barchamiz g'alabaga shaylanib maydonga tushgandik. So'z beramizki, bundan keyin bu kabi sharmandalik yuz bermaydi”, - deydi Kapadze.

Jamoa rahbariyati va mutassaddilari berilgan bayonot va aytilgan so'zlardan kelib, chiqib shuni xulosa qilishdiki, futbolchilar va klubga vaziyatni o'nglash uchun bir oy muddat beriladi. SHu muddat ichida jamoa ichidagi ahillik, murabbiylar taktikasida ijobiy o'zgarishlar ko'zga tashlanmasa, rahbariyat keskin choralar ko'rishi aytildi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика