"Lokomotiv" Diyor Turopov bilan xayrlashdi
10 iyu 2022 13:59
Yangiliklar
"Lokomotiv" Diyor Turopov bilan xayrlashdi
2017 yildan beri "Lokomotiv" sharafini himoya qilib kelgan yarim himoyachi Diyor Turopov "temiryo'lchilar" safini tark etdi.
Yozgi transfer oynasida Diyor Turopov "Loko"dan "Navbahor"ga o'tgani haqida muxlislar xabar topib ulgurgan bo'lsa kerak.
Diyor Turopov 2017-yilning 5-yanvar kuni "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolagandi. O'tgan besh yarim yil ichida o'z o'yini bilan "temiryo'lchilar" mehrini qozona oldi va jamoamizning etakchi futbolchilaridan biriga aylandi.
Diyorjon Turopov "Loko"dagi davr mobaynida O'zbekiston milliy chempionati doirasida 111ta bahsda maydonga tushishga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, O'zbekiston Kubogi musobaqasi bilan Osiyo chempionlar ligasida ham jamoamizga yaqindan yordam berdi. Endilikda Turopov faoliyatini "Navbahor"da davom ettiradi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar