So’nggi yangiliklar

23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  0 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  4 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   1 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00ЕЧЛ. "Қайрат" - "Реал" баҳси асосий таркиблари маълум!  52 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  38 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  16 20:25"Ал Аҳли" устози: "Ультрас" бизга ҳеч қандай босим ўтказмайди. Бундай мухлислар кўз ўнгида футбол ўйнаш ёқимли"  11 19:48Гвардиола "Манчестер Сити" футболчисининг "Реал"га ўтишига тўсқинлик қилган  4 19:20ЎФА нега жим?  12 18:58Максим Шацких: "Ҳужумда қулай имкониятларимиз бўлишига ишончим комил"  10 18:36Фабрицио Романо: Ўзбекистон Фабио Каннаваро билан боғланди  26

“Lokomotiv”: Asosiy tarkib bugun Toshkentdagi yig'inni boshlaydi Yangiliklar

“Lokomotiv”: Asosiy tarkib bugun Toshkentdagi yig'inni boshlaydi

“Lokomotiv” bugundan etiboran Toshkentdagi mashg'ulotlarini boshlaydi.

SHanba kuni kechki payt Dubaydagi yig'indan qaytib kelgan futbolchilarga ikki kunlik dam berilgandi. Bugun tushda ular bosh murabbiy Mirko Elichich ixtiyoriga etib kelishadi hamda 1 fevralga qadar kuniga bir mahaldan mashg'ulot o'tkazishadi. 2 fevral kuni jamoa azolari horijdagi ikkinchi yig'inni o'tkazish uchun Dubay shahriga yo'l olishadi.

Poytaxtimizdagi yig'in davomida bitta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan. 29 yanvar kuni “Buxoro” klubi TTMIga qarashli stadionda mehmon bo'ladi. Uchrashuv soat 11:00 da boshlanadi.

Bugun klub bazasida “Lokomotiv”ning barcha futbolchilari jam bo'ladi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan Qatardan qaytib kelgan Ikrom Aliboev ham mashg'ulotlarga qo'shiladi. Faqatgina Sadriddin Abdullaevda kichik jarohat bor. Katta ehtimol bilan u bugundan etiboran yakka holda yugurishni boshlaydi.

Dubaydagi birinchi yig'inda murabbiylar shtabi ikkita legioner futbolchini sinovdan o'tkazib ko'rgani haqida xabar bergandik. CHernogoriyalik Ivan Vukovichning harakatlari klub mutaxassislariga maqul kelmadi va u Dubayning o'zida “Lokomotiv” bilan xayrlashdi. Serbiyalik Nenad Inyac esa “temiryo'lchilar” safida Toshkentga etib kelgan. Hujumchining “Lokomotiv” safida qolish yoki qolmasligi hozircha aniq emas. Slovakiya termasiga qarshi o'yinda faqatgina bitta bo'limda harakat qilgani uchun, u haqda aniq xulosaga kelish qiyin edi. Voqealar rivoji bilan tanishtirib boramiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика