So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  0 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  15 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

“Lokomotiv-2004″ – xotira turnirida uchinchi o'rin sohibi! Yangiliklar

“Lokomotiv-2004″ – xotira turnirida uchinchi o'rin sohibi!

Teglar :  Lokomotiv
20-24 avgust kunlari Toshkentda taniqli futbolchi, o'z vaqtida milliy terma jamoamizga murabbiylik qilgan Bahodir Ibragimov xotirasiga bag'ishlab turnir o'tkazildi.

Bunda “Lokomotiv” futbol maktabining 2004/2005 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etib, yosh “temiryo'lchilar” yakunda uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

Aytish mumkinki, Otabek Mansurov va Dilshod Atamuhamedov boshqaruvidagi “Loko-2004/2005″ turnir davomida eng chiroyli o'yin ko'rsatgan jamoa bo'ldi. Buni “Lokomotiv” ishtirokidagi o'yinlarni chetdan kuzatgan mutaxassislar, muxlislar hamda ota-onalar ham etirof etishdi. Futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari to'rtta o'yin o'tkazgan bo'lsa, shundan birortasida gol qo'yib yuborishmadi. Bu ham tahsinga loyiq albatta.

“Lokomotiv-2004/2005″ dastlab “Samarqand” jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etdi. Guruhdagi ikkinchi o'yinda Otabek Mansurov shogirdlari BO'SM-16 ustidan 2:0 hisobida zafar quchishdi. Ammo yarim final bellashuvida omad bizdan birozgina yuz o'girdi. ROZK bilan kechgan bahsning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. SHundan so'ng navbat penaltilar seriyasiga etib keldi va bunda futbolchilarimiz 6:7 hisobida yutqazib qo'yishdi.

Bugun O'FF suniy maydonida bo'lib o'tgan uchinchi o'rin uchun bellashuvda esa “qizil ricarlar” poytaxtning yana bir jamoasi “Spartak”ka qarshi to'p surishdi. Eng qizig'i, bu o'yinda ham hisob ochilmadi va navbat yana penaltilar seriyasiga etib keldi. Bunda esa “Lokomotiv” futbolchilari 9:8 hisobida raqibdan ustun kelishdi.

Musobaqa yakunida odatdagidek g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi tashkil etildi. Narimon Jalolov va To'lagan Isoqov boshchiligidagi O'FF faxriylar kengashi vakillari hamda Bahodir Ibragimovning oila azolari g'oliblarni taqdirlashdi. “Lokomotiv” hujumchisi Asamjonov Saidakmal musobaqaning “Eng yaxshi hujumchisi” deb topildi.







Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика