"Liverpul"ning navbatdagi transfer maqsadi malum
04 iyu 2023 12:00
Yangiliklar
"Liverpul"ning navbatdagi transfer maqsadi malum
"Sautgempton" yarim himoyachisi Romeo Laviya "Liverpul"ning so'nggi transfer maqsadi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
"Sautgempton" futbolchini 58 mln evroga baholamoqda. Mersisaydliklar futbolchining transfer narxini pasaytira olishlariga ishonishmoqda.
"Arsenal" va "CHelsi" ham Laviya bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor, ammo "qizillar" yaxshiroq holatda. "Kanonirlar" belgiyalik uchun kurashga faqat yarim himoyachilarini sotgan taqdirdagina kirishadi, "ko'klar" esa "Brayton"dan Moyzes Kaysedoni sotib olishga etibor qaratgan.
Laviya "Liverpul"ning uchinchi yangi futbolchisi bo'lishi mumkin. Avvalroq mersisaydliklar yarim himoyachilar Aleksis Mak Allister va Dominik Soboslai bilan shartnoma imzolagandi.
19 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 34 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar