"Liverpul"ga qarshi bahs oldidan "Lester Siti"da yo'qotish bor
29 dek 2022 01:28
Yangiliklar
"Liverpul"ga qarshi bahs oldidan "Lester Siti"da yo'qotish bor
"Lester Siti" yarim himoyachisi Jeyms Meddison jarohat tufayli "Liverpul"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.
Meddison tizzasini davolash uchun maxsus mutaxassisga murojaat qildi. 26 yoshli yarim himoyachi noyabr oyida bo'lgan "Vest Xem"ga qarshi bahsda jarohat olgan edi. U JCH-2022 uchun Angliya terma jamoasi qaydnomasiga kiritildi, biroq Qatardagi bahslarda qatnashmadi.
"Meddison o'yinda ishtirok etmaydi. Bugun u shifokorimiz Mark Uoller bilan birga bir qancha muddatga ozod qilindi.
Jeyms jamoa bilan shug'ullanmadi. U tibbiy ko'rikdan o'tdi va shtab uni maydonga tushishi mumkin deb hisobladi.
Meddison Angliya terma jamoasi safida o'ynashga tayyor edi. Biroq qaytganidan so'ng tizzasida og'riq his qildi" - dedi "Lester Siti" ustozi Brendan Rojers.
"Lester Siti" hamda "Liverpul" o'rtasidagi bahs 30 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar