"Liverpul" yanvarda de Yongni ko'lga kiritmoqchi
		
		22 okt 2022 14:15
        Yangiliklar	
	
				
				"Liverpul" yanvarda de Yongni ko'lga kiritmoqchi
Angliya klubi "Barselona" azosi Frenki de Yongni o'z tarkibiga jalb qilish bo'yicha futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqdi.
			Mersisayd klubi 25 yoshli yarim himoyachini qishki transferlar oynasida xarid qilish imkoniyatlarini o'rganyapti. 
Agar niderlandiyalik o'yinchi Kataloniya giganti safini tark etishni istasa, "qizillar" "Manchester Yunayted" va "CHelsi"ni raqobatda engib chiqishga harakat qiladi.
Xabarlarga ko'ra, Londonning "CHelsi" klubi yozda de Yong transferiga erisha olmaganidan keyin bunga yanvar oyida urinib ko'radi.
Frenki de Yong ushbu mavsum turli musobaqalarda jami 12 ta o'yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilda nihoyasiga etadi.
Transfermarkt portaliga ko'ra, yarim himoyachi 60 mln evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar