So’nggi yangiliklar

12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  1 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  3 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  1 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  5 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  3 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили"  13

"Liverpul" - "Roma": Kim qanday fikrda? Yangiliklar

"Liverpul" - "Roma": Kim qanday fikrda?

Teglar :  LiverpulRoma
Evropa chempionlar ligasi yarim final doirasidagi "Liverpul" - "Roma" uchrashuvi oldidan saytimiz xodimlari bo'lajak bahs haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

Gayrat Xasbiulin ("CA" mutaxassisi): "O'ylashimcha, "Liverpul" bugungi bahsda kamida ikkita gol uradi. CHunki Yurgen Klopp jamoasi APLda gol urish bo'yicha etakchi. Bu jamoaning hujumdagi tajovuzkor o'yini muvaffaqiyatning bosh kalitiga aylangan. "Roma" yarim finalga chiqib deyarli missiyasini bajarib bo'ldi. Rimda "Barselona" taslim etilgach ularni chanqog'i qondi, chamamda. "Liverpul" esa juda katta motivaciyaga ega. Bu to'qnashuvdagi favorit so'zsiz "Liverpul".

Narzulla Saydullaev ("CA" bosh muharriri): "Liverpul"ning himoyasi kuchsiz, lekin hujumi ajoyib. Birgina Salahning o'zi nimalar qilayotganini ko'rayapsiz. "Roma" himoyasi va darvozaboni kuchli, ammo rimliklar safarda u qadar yaxshi o'ynay olishmaydi. Klopp boshchiligidagi jamoa bugun g'alaba qozonishini taxmin qilaman. Uchrashuvda ko'p gol bo'lishini kutayapman. Katta ehtimol bilan barchasi Rimdagi javob bahsida hal bo'lsa kerak. Yani agar "Liverpul" yirik hisobda yutsa ham ularni finalga chiqdi deyishga shoshilmagan maqul.

Tolibjon Qosimov ("CA" xodimi): "Liverpul" hozir formada, Muhammad Salahni esa hech kim to'xtata olmayapti. Klopp shogirdlari uyda hujumkor va tajovuzkor o'yin namoyish etishadi. "Liverpul" yuqori tempni ushlab olgan va shu tempda ECHL g'olibligigacha borishi ham mumkin.

"Roma" esa imkoniyatidan yuqori sakrab bo'ldi. Rimliklar uyda metin himoyalarini ko'rsatib berishlari mumkin, lekin safardagi bellashuvlarda unday deb bo'lmaydi. "Roma" bugun asosiy etiborni himoyaga qaratadi.

Bugun "Liverpul" favorit, lekin yirik hisob qayd etilmasa kerak. Sababi, italiyaliklar himoyaga etibor qaratishadi va inglizlarga hujumda bo'sh zonalar qoldirishmaydi.

Jasur Aslanov ("CA" xodimi): Bu jamoalar o'rtasidagi yarim finalning ilk uchrashuvi mezbonlar yani "qizillar" ustunlik qilishadi. "Enfild" stadionida har qanday jamoa dovdirab qoladi. Klub muxlislari baland ovozda qo'shiq kuylashlari, sevimlilariga ishqibozlik qilishlari "Roma" futbolchilariga salbiy tasir qilishi aniq. Muhammad Salah, Roberto Firmino va Sadio Mane ajoyib formada. Rimliklar avvalgi bosqichda "Barselona"ni mag'lub etgani ularning kuchidan emas, Kataloniya klubi raqibni mensimasligi tufayli sodir bo'lgan deb hisoblayman. Uchrashuv uchun taxminim: "Liverpul" - "Roma" 2:0.

Jahongir Fayzulloev: ("CA" foto muxbiri): "Liverpul" bugun g'alaba qozonadi. Nimaning hisobiga? "Enfild"dagi qaynoq muhit har qanday jamoani esankiratib qo'yadi. Muxlislar daldasi "Liverpul"ning g'alabasiga zamin yaratadi. Salah-Firmino-Mane "uchligi" "Roma" mudofaa chizig'ini dovdiratib qo'yadi. "Roma"ni yomon jamoa demoqchi emasman. Lekin "Liverpul" bugun..."

Xayrulla Xoliqov ("CA" muxbiri): "Liverpul" o'z maydonida juda kuchli, buni tan olmasdan iloj yo'q. Lekin men "Roma" g'alaba qozonishini xohlayapman. Albatta, "Liverpul"da Salah bor, lekin xarakter tomonlama italyanlar inglizlardan ustun ko'rinmoqda. Taxminimcha, o'yin 2:1 hisobida "Roma" foydasiga hal bo'ladi".

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика