"Liverpul" muxlislari uchun xushxabar! Jamoaning 4 nafar yulduzi mashg'ulotlarga qaytdi
10 fev 2023 16:19
Yangiliklar
"Liverpul" muxlislari uchun xushxabar! Jamoaning 4 nafar yulduzi mashg'ulotlarga qaytdi
Bu Yurgen Klopp uchun jamoani kuchaytirishda katta yordam bo'lishi mumkin. Virjil van Deyk, Roberto Firmino, Diogu Jota va Artur Melodan iborat Mersisayd klubining kvarteti payshanba kungi mashg'ulotlarda ko'rinish berdi. Ular asosiy jamoaga qaytishga juda yaqin.
"Qizillar" mavsumning ko'pgina qismida ketma-ket jarohatlardan aziyat chekdi, yaqin orada yuqoridagi to'rtlik o'z jismoniy holatiga qaytganida jamoa ustozida tanlov imkoniyati ancha ko'payadi.
Endigina safga qaytgan o'yinchilar dushanba oqshomida bo'lib o'tadigan derbiga tayyor bo'la olmasligi mumkin, biroq ular "Enfild"dagi katta o'yin oldidan Kloppga maydonga tusha olishlarini isbotlashiga umid qilinmoqda.
18 fevral kuni "Nyukasl"ga qarshi safarda bo'lib o'tadigan o'yinda ular dastlabki tarkibga kirishga harakat qilishlari avvalgisiga nisbatan realroq tuyulmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar