"Liverpul" muxlislari MYUga qarshi o'yinda farzandidan ayrilgan Ronalduni qarsaklar sadosi ostida qo'llab-quvvatlashmoqchi
19 apr 2022 19:27
Yangiliklar
"Liverpul" muxlislari MYUga qarshi o'yinda farzandidan ayrilgan Ronalduni qarsaklar sadosi ostida qo'llab-quvvatlashmoqchi
Bugun bo'lib o'tadigan Angliya Premer-ligasi 30-tur uchrashuvining 7-daqiqasida “Liverpul” ishqibozlari "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni olqishlar bilan qo'llab-quvvatlashni rejalashtirishmoqda.
Avvalroq “Manchester Yunayted” hujumchisi va Portugaliya terma jamoasi yangi tug'ilgan egizaklardan birining fojiali o'limi haqida malum qilgandi.
"Liverpul" muxlislari Ronaldu 7-raqam ostida to'p tepishidan kelib chiqib bahsning 7-daqiqasida maxsus akciyani amalga oshirishadi.
Ushbu harakatni qo'llab-quvvatlagan va maqullagan "Liverpul" ixlosmandlari dil izhorlarini ijtimoiy tarmoqlarida elon qilishadi. Barcha muxlislar "inson fojiasida klub ranglari yo'q" degan fikrga qo'shilishmoqda.
Malum bo'lishicha, Ronalduning o'zi "Liverpul" bilan uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar