"Liverpul" Bellingem uchun kurashda etakchilik qilmoqda
07 dek 2022 16:22
Yangiliklar
"Liverpul" Bellingem uchun kurashda etakchilik qilmoqda
"Liverpul" Dortmundning "Borussiya"si va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingemni o'z safiga qo'shib olish uchun asosiy davogarlar, deb xabar berdi "Marca".
Manbaga ko'ra, 19 yoshli angliyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun asosiy davogarlardan biri "Real" "Borussiya"ga 150 million evro to'lashni istamayapti, chunki ular bu narxni juda yuqori deb hisoblamoqda.
"Real"ning ushbu qarori fonida "Liverpul" Bellingem uchun kurashda peshqadamga aylandi. O'tish keyingi yozda amalga oshishi mumkin.
Bellingem joriy mavsum Dortmundning "Borussiya" klubi safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Qatardagi Jahon chempionatida yarim himoyachi 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar