Lionel Messiga Maradona va Pele haykali yonida turadigan haykal sovg'a qilindi
28 mar 2023 17:07
Yangiliklar
Lionel Messiga Maradona va Pele haykali yonida turadigan haykal sovg'a qilindi
KONMEBOL jahon chempioni va ko'plab "Oltin to'p"lar sohibi Lionel Messi sharafiga yangi haykal yasatdi. SHu tariqa, uning nomi Janubiy Amerika futbolida Diego Maradona va Pelelar qatorida abadiylashtirildi. Qatardagi mundialda terma jamoasini chempionlik sari etaklagan hujumchiga so'nggi 12 oy davomida qo'lga kiritgan ikki kubogi – Jahon chempionati va Finalissima bosh sovrini replikalari topshirildi.

35 yoshli futbolchi yaqinda o'zining 800-golini urdi. Uning Argentina uchun kiritgan to'plari soni 99 tani tashkil etadi. Seshanba kuni bo'lib o'tadigan o'yinda Leo 100-golini urishi mumkin.
PSJ hujumchisi uning yutuqlari yana bir bor eslangani borasida fikrlarini bildirdi:
"Mening orzum professional futbolchiga aylanish va hayotimda zavqlanadigan ishimni qilish edi. Men juda uzoq yo'lni bosib o'tdim. Men har doim oldinga qarab yurdim va g'alaba qozonishni xohladim. O'ylashimcha, eng muhimi, o'z orzularingiz uchun kurashish. CHunki hamma narsaning iloji bor".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar