Lionel Messi: “Ronalduning ketishi “Real”ni biroz kuchsizlantirdi”
04 sen 2018 07:00
Yangiliklar
Lionel Messi: “Ronalduning ketishi “Real”ni biroz kuchsizlantirdi”
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning “Yuventus”ga o'tishiga o'z munosabatini bildirdi.
“Albatta, “Real” dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri, ular safida ajoyib futbolchilar bor. Ammo Ronalduning ketishi ularni birozgina kuchsizlantirdi.
Uning “Yuve”ga o'tishi shubhasiz, turinliklarni ECHL favoritiga aylantirdi. “Yuve”da shundog'am kuchli tarkib bor edi va ular safiga Ronaldu qo'shildi.
Men uning qaroridan hayron qolgandim. U Madriddan ketadi, deb o'ylamagandim. Ketsayam, “Yuventus”ga o'tishi men uchun kutilmagan hol bo'ldi. Lekin “Yuve” ham kuchli klub”, dedi Messi Radio Catalunya radiosiga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar
02:55
ECHL. "Real Madrid" bu mavsum ham "Manchester Siti"ni mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi 380
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar