So’nggi yangiliklar

23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  0 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4

Lionel Messi: "Agar jahon chempionatiga chiqa olmaganimizda muxlislar bizni kechirmasdi" Yangiliklar

Lionel Messi: "Agar jahon chempionatiga chiqa olmaganimizda muxlislar bizni kechirmasdi"

Argentina terma jamoasi va "Barselona" klubi etakchisi Lionel Messi yaqinda FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi. Intervyu davomida Messi jahon chempionatiga chiqish nihoyatda muhimligi haqida gapirib, shuningdek 2018 yildan nima kutayotgani haqida aytdi.

- Oldinga qarab fikr yuritadigan bo'lsak, Argentina terma jamoasi Germaniya va Braziliya bilan taqqoslaganda qanday holatda bo'ladi?
- Biz musobaqaga borganda yanada kuchli bo'lamiz, chunki biz o'sishda davom etyaptmiz. Biz Venesuela, Peruga qarshi o'ynadik va ko'pchilik Argentina bu jamoalarni oson yutdi deb o'ylaydi. Ammo bunday emas. CHunki jahon chempionatiga oson g'alabaga erishib chiqishning iloji yo'q. Musobaqa boshlanguncha hali o'zgaramiz va yanada kuchli bo'lamiz.

- CHilining mundialga chiqa olmagani sizni hayron qoldirdimi?
- Hamma qatori ha. CHili oxirgi ikkita "Kopa Amerika"ni yutdi, biroq shunga qaramay jahon chempionatiga chiqa olmadi. Lekin ular buyuk jamoa va CHilida ko'plab ajoyib futbolchilar bor.

- 2014 yilgi jahon chempionati finalidagi mag'lubiyat alami unutildimi?
- Yo'q. CHunki finalga chiqib yutqazsang buni unutish oson bo'lmaydi. Bu bir umr qalbimda qoladi. Albatta, finalga chiqqanimizdan xursand bo'lgandik, lekin yutsak yanada yaxshi bo'lardi.

- 30 yoshga to'ldingiz. O'zingizni qanday his qilyapsiz?
- Juda yaxshi. Ham maydonda, ham maydondan tashqarida o'zimni yaxshi his qilaman. Men hayotimdan va futboldan mamnunman.

- Yillar o'tib o'yin uslubingiz o'zgarganmi?
- Albatta. Tajribam oshganini inkor qila olmayman. Vaqt o'tgan sari maydonda o'zimni yanada qulay his qilyapman.

- Argentina jahon chempionatiga chiqa olmaganida nima bo'lardi?
- Buni tasavvur ham qila olmayman. Bizni muxlislar kechirmasdi. Hammasi Ekvador bilan o'yinga bog'liq edi va bu bahsni o'z foydamizga hal qilganimizdan xursandman.

- Ushbu gapni qanday tugatgan bo'lardingiz? 2018 yilda Messi...
- (Biroz o'ylanib) Uchinchi marta ota bo'ladi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика