"Lion" ustozi: "Liverpul" bilan kelishuv barbod bo'lganidan Fekirning jaxli chiqqan"
24 avg 2018 20:19
Yangiliklar
"Lion" ustozi: "Liverpul" bilan kelishuv barbod bo'lganidan Fekirning jaxli chiqqan"
"Lion" bosh murabbiyi Bruno Jenezio jamoa sardori Nabil Fekir "Liverpul"ga transferi amalga oshmay qolganidan juda ham jaxli chiqqanini malum qildi.
Francuz ushbu yozda "qizillar" safiga o'tishga juda yaqin kelgan edi, ammo kelishuv barbod bo'lgandi.
"Fekirning juda ham jaxli chiqqan. Bunday holatni qabul qilish yoqimli emas. U o'zi istagan jamoaga o'tishga yaqin edi. U erda Nabil yangi darajaga chiqishi mumkin edi. Lekin, hammasi bundan battar bo'lishi ham mumkin edi. "Lion" ham kuchli jamoa, u bizning sardorimiz va CHempionlar ligasida o'ynaydi. Bu mavsum Fekir uchun muhim bo'lishi mumkin. Unda o'tgan mavsumdagidan yomonroq o'ynashiga sabab ko'rmayapman. Nima bo'lganda ham, u biz bilan o'ynashga tayyor", - dedi Jenezio.
Fikrlar