So’nggi yangiliklar

12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  3 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  3 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  10 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11

Braziliyada g'avg'o: "Flamengo" yulduzi pul tikkanlikda ayblanib diskvalifikaciya qilindi Yangiliklar

Braziliyada g'avg'o: "Flamengo" yulduzi pul tikkanlikda ayblanib diskvalifikaciya qilindi

Hujumchi Bruno Enrike qasddan chetlatilishi va pul tikishga aloqadorligi uchun qattiq jazo oldi.

Oliy sport tribunalining tartib-intizom qo'mitasi (STJD) 34 yoshli futbolchini halol o'yin tamoyillarini buzganlikda va milliy chempionat uchrashuvi natijasiga tasir o'tkazishga urinishda aybdor deb topdi.

Gap 2023 yilning noyabrida "Santos"ga qarshi o'yin (1:2) haqida ketmoqda. O'shanda Enrike atayin sariq kartochka olgan, bu tergov malum qilganidek, bukmekerlik pul tikishlarida foyda keltirgan. Buning uchun futbolchi 12 o'yinga diskvalifikaciya qilindi va 60 ming real (taxminan 11 ming dollar) jarimaga tortildi. O'yinchi apellyaciya berish huquqini saqlab qoladi.

STJD'ning qayd etishicha, dastlab ish faqat bilvosita malumotlarga asoslangandi, ammo hal qiluvchi omillar hujumchining sxemada ishtirok etganini tasdiqlovchi federal policiya materiallari bo'ldi. Prokuratura malumotlariga ko'ra, futbolchining harakatlari "Flamengo"ga zarar etkazgan va o'yin natijasiga tasir qilishi mumkin edi.

Shuningdek, 4 nafar havaskor futbolchi, jumladan, Bruno Enrikening ukasi Vander Nunes Pintu Junior ham jazolandi. Boshqa ayblanuvchilar jazodan qutulib qolishdi, chunki ular sport adliya tizimining bir qismi emas.

Avvalroq Enrike jinoiy jazo – 18 yilgacha qamoq va 2 million real (taxminan 362 ming dollar) jarimaga tortilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Bruno Enrike 2019 yildan buyon "Flamengo" safida to'p tepmoqda. U joriy mavsum 40 o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика