“Lion” ECHLning bitta o'yinini muxlislarsiz bo'sh stadionda o'tkazadi
26 avg 2018 07:45
Yangiliklar
“Lion” ECHLning bitta o'yinini muxlislarsiz bo'sh stadionda o'tkazadi
Franciyaning “Lion” klubi Evropa CHempionlar ligasining dastlabki uy uchrashuvini muxlislarsiz bo'sh stadionda o'tkazishga mahkum etildi.
Lionliklarning muxlislari o'tgan mavsum Evropa Ligasining 1/8 finalidan o'rin olgan Moskvaning CSKA jamoasiga qarshi kechgan (2:3) uchrashuv chog'ida stadion tribunalarida tartibsizliklarga yuzaga keltirishgandi.
O'shanda “Lion” muxlislari stadionga turli buyum va jismlarni uloqtirishgan, tribunada nomaqbul harakatlari bilan tartibni saqlay olishmagan edi. UEFA tartib-intizom qo'mitasi bu holatni izchil o'rganib chiqib, francuz klubiga yuqoridagi jazoni qo'lladi.
Malumot uchun, “Lion” o'tgan mavsum Franciya chempionatida 3-o'rinni egalladi va bu bilan ECHLning guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar