“Limonta Sport” kompaniyasi OFK dasturi asosida Andijon va Qo'qonda mini-futbol maydonlari barpo etmoqda
18 iyu 2018 18:04
Yangiliklar
“Limonta Sport” kompaniyasi OFK dasturi asosida Andijon va Qo'qonda mini-futbol maydonlari barpo etmoqda
Uchrashuvda mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga asoslangan turli loyihalar bo'yicha o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan hamda OFK tomonidan O'zbekistonda bolalar uchun mo'ljallangan suniy qoplamali mini-futbol maydonchalari barpo etilish uchun mablag' ajratilishiga kelishilgan edi.
Ushbu kelishuvga asosan Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan bir qator qurilish kompaniyalari o'rtasida maxsus tender o'tkazildi. Tenderda sport inshootlarini barpo qilish bo'yicha katta tajribaga ega bo'lgan Italiyaning “Limonta Sport” kompaniyasi g'olib chiqdi.
“Limonta Sport” kompaniyasi mutaxassislari yurtimizga tashrif buyurib, Andijon va Qo'qon shahrida qurilish ishlarini boshlab yubordilar. Tez orada Farg'ona vodiysi bolalar futboli uchun mo'ljallangan 2ta ajoyib futbol maydonchasiga ega bo'ladi.
Fikrlar