So’nggi yangiliklar

13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  2 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  12 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  9 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  7 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   23 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  17 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  2 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  3 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  4

Liga Kubogi: "Qo'qon-1912" Toshkentda "Paxtakor"ni tor-mor keltirdi Yangiliklar

Liga Kubogi: "Qo'qon-1912" Toshkentda "Paxtakor"ni tor-mor keltirdi

O'zbekiston Liga Kubogi 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

                 YANGILASH

             O'YIN SHARHI


- O'YIN YAKUNLANDI! "Qo'qon-1912" Toshkentda "Paxtakor" darvozasiga javobsiz to'rtta gol yo'lladi!

- Uchrashuvning oxirgi daqiqasida Suhrob Berdiev tablodagi hisobni yanada oshirdi - 0:4!

- Ikkinchi bo'limda darvozalar oldida aytarli xavfli vaziyatlar vujudga kelmayapti. 

- Marko Simich ikkinchi ogohlantirishni olib maydondan chetlatildi. Marko Muhammadanas Hasanovga qarshi qo'pollik ishlatgandi.

- "Qo'qon-1912" himoyachilari ancha ishonchli o'yinlari sabab raqibga o'z jarima maydonchalari ichida imkoniyat berishmayapti. 

- "Qo'qon-1912" safida Behruz Sadilloev, "Paxtakor"da esa Roziev maydonga tushirildi.

- Dragan CHeranning uzatmasidan so'ng Mahmudxojievning bosh bilan bergan zarbasi ustunga tegib maydonni tark etdi.

- Murod Xolmuhammedovning jarima zarbasidan so'ng Umid Xamroev xavfni bartaraf etdi. Keyingi vaziyatda esa qarama-qarshi tarafga jarima zarbasi belgilandi. Bikmaevning zarbasini esa Sarvar Karimov qaytardi.

- "Paxtakor"da o'zgarish: Jahongir Ahmadov o'rniga Bobur Asqarov maydonga tushdi.

- Ikkinchi taym boshlandi!

- Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus! Hozircha katta ustunlik "Qo'qon-1912" tarafida.

- GOLLLLL! SUPER GOL! MUROD XOLMUHAMMEDOV! Murod Xolmuhammedov maydon markazidan Umid Xamroev qo'riqlayotgan darvozaga to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'ydi. Ajoyib gol! 


- GOL! "Qo'qon-1912" hujumchisi Timur Usmonov jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib darvozaning o'tkir burchagiga joyladi - 0:2!

- Marat Bikmaev jarima maydonchasida bir himoyachini aldab o'tib, darvozaning yaqin burchagiga kuchli zarba yo'lladi. Lekin Sarvar Karimov o'z postida ishonchli turdi va zarbani bartaraf etdi. 

- Uchrashuvning 21-daqiqasida "Qo'qon-1912" uyushtirgan hujum xavfli tus oldi. Avazxon Mamatxo'jaevning o'tkir burchakdan tepgan zarbasi xavfli, ammo biroz noaniq chiqdi.

- Xavfli vaziyat! Murod Xolmuhammedovning burchak to'pidan to'g'ri darvozaga yo'naltirgan aylanma zarbasini Hamroev qaytarib yuborishga erishdi.

- Bellashuvning 8-daqiqasida Bikmaev va CHeran ijrosidagi kombinacion hujumni Dragan boshi bilan zarba yo'llagan holda yakunlamoqchi bo'lgandi, ammo bu vaziyatda qanot hakami offsayd qayd etdi. Zarbani esa Sarvar Karimov bartaraf etishning uddasidan chiqqandi.

- Uchrashuv tempi yuqori emas. Jamoalar shoshilmasdan futbol o'ynashmoqda. Hozircha hududiy ustunlik mezbonlar tarafida. "Qo'qon-1912" esa to'psiz raqibni taqib etmoqda. 

- O'YIN BOSHLANDI!

Liga kubogi, 1-tur
PAXTAKOR – QO'QON-1912 0:4
31 may 2019 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00
Hakamlar:
Jasur Muxtorov, Sultonmurod Ulfatov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov
Nazoratchi: Marat Ismailov
Komissar: Abbos Axrorov

Gollar: Marko Milich (24), Temur Usmonov (43), Murod Xolmuhammedov (45), Suhrob Berdiev (90)

"Paxtakor": Umid Hamroev, Vladimir Kozak, Marko Simich (S), SHerzod Azamov, Alisher Salimov, Sardor Sobirxo'jaev, Jahongir Ahmadov (Bobur Asqarov, 46), Dragan CHeran, Marat Bikmaev, Sobit Sindarov (Ruslan Roziev, 68), SHohruh Mahmudhojiev (Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 74)
Zaxira: Azizxon Isaqov, Humoyunmirzo Iminov, Sadriddin Abdullaev.

“Qo'qon-1912”: Sarvar Karimov, Muhammadanas Hasanov (Dilshod Baratov, 85), Temur Hakimov (Behruz Sadilloev, 65), Avazxon Mamatxo'jaev, Oybek Rustamov, Suhrob Berdiev, Iqbol Malikjonov, Temur Usmonov (Javohir Esonqulov, 58), Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Murod Xolmuhammedov (S)
Zaxira: Islomjon Abdullaev, Jasur Hasanov, SHahboz Erkinov, Jasur Yoqubov.

Ogohlantirishlar: Marko Simich (52), Temur Usmonov (56)

CHetlatish: Simich (77)

Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика