So’nggi yangiliklar

21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  0 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  4 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  3 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  3 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  0 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  15 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  3 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  43 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  10 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0

MYU "Lids" bilan to'qnashuvda qiyinchilikka uchradi, ammo super bahsni o'z foydasiga hal qildi (o'yin atrofidagi voqeliklar) Yangiliklar

MYU "Lids" bilan to'qnashuvda qiyinchilikka uchradi, ammo super bahsni o'z foydasiga hal qildi (o'yin atrofidagi voqeliklar)

Angliya futboli atmosferasi shunchaki qoyilmaqom darajada.

Turnir jadvali "Liverpul" va "Siti"ni SHimoli-G'arbiy derbining bosh qahramoniga aylantirgan bo'lsa-da, "Manchester Yunayted" yana tarixiy raqibi "Lids"ga qarshi o'ziga xos to'qnashuvda qatnashdi. Qaynoq uchrashuvni kuzatish uchun Sports.ru ijodkorlari stadionda hozir bo'lishdi.

"Atirgullar derbisi"ning ildizlari Lankashir va Yorkshir o'rtasidagi uzoq davom etgan kurash hamda XV asrdagi "Qizil va oq atirgullar urushi" (Lankasterlar yorklarga qarshi, yani "Taxtlar o'yini" filmidagi Lannisterlar Starklarga qarshi deb nomlanadi)ga borib taqaladi. Manchester va Lids o'rtasidagi masofa 65 km va bu shaharlar sanoat inqilobi davomida iqtisodiy tasir uchun kurashdilar. 1970-1980 yillarda mahalliy bezorilar mamlakatdagi eng qonli to'qnashuvlarni uyushtirganida, futboldagi janjallar Angliya shimolini dahshatga soldi. Maydonda intriga 1991/92 yilgi mavsumda, "Lids" va "Yunayted" chempionlik uchun kurashgan paytda vujudga keldi.

16 yil ichida "Lids" Premer-ligani tark etdi, klublar Angliya va Liga Kuboklarida ikki marta to'qnash kelishdi va o'tgan mavsumda "Atirgullar derbisi"ning elit divizionga qaytishi pandemiya soyasida qoldi: "Old Trafford"da 6:2 va "Elland Road"da 0:0 tomoshabinlarsiz o'tdi.

2021 yil avgust oyida Manchesterda bo'lib o'tgan uchrashuv tomoshabinlar soni bo'yicha cheklovsiz ilk o'yin bo'lib, unda Belsa jamoasi 1:5 hisobidagi qaqshatqich mag'lubiyatni qabul qilib olgan edi. "Lids" muxlislari javob o'yiniga nafratga to'lib-toshgan holda etib borishdi.

Lids markaziy vokzalini yakshanba kuni ertalabdan maxsus ekipirovkalar bilan taminlangan policiya otryadlari nazorat qildi.

"Yunayted" muxlislari ko'rinmasdi, lekin nojoiz harakatlarni amalga oshirishda ayblangan Grinvudga qaratilgan so'zlar eshitildi.

"Elland Roud" shahar chekkasida joylashgan bo'lib, oddiy o'yin kunlarida ham unga borish oson emas. Uchrashuvdan 3 soat oldin Uberni kutish 20 daqiqani oldi, nihoyat haydovchi keldi va afsus bilan dedi: "Umid qilamanki, siz men o'ylagan joyga bormaysiz... Oh".

Yomg'ir logistikani murakkablashtirdi: hafta oxiridagi bo'ron butun Angliyani qamrab oldi va juma kuni kuchli shamolli Yunis to'foni o'rniga yomg'irli Franklin to'foni keldi.

"Elland Roud"dagi turga mavsumning eng muhim o'yini sifatida tayyorgarlik ko'rildi. "Liverpul" allaqachon Lidsga kelib ketgan edi, ammo bu galgi raqib bilan uchrashuv barchani hayajonga soldi. O'yin oldidan qo'riqchilar Premer-liganing xalqaro teleradiokompaniyalar bilan ishlayotgan operatorlarini bir necha soatga ushlab turishdi. Muammo uchrashuv vaqtida jihozlar saqlanadigan joyda edi: odatda u maydon chetiga joylashtiriladi, biroq mahalliy vakillar muxlislar maydonga yorib kirishsa, kamera va mikrofon stendlarini uloqtira boshlashi mumkinligidan xavotirda edi.

Do'stona kayfiyat faqat matbuot markazida edi, u erda to'satdan shokoladlar paydo bo'ldi. Mahalliy jurnalistlar hazil qilishdi: "Biz "Manchester Yunayted" oldida shunday ko'rinish beramizmi? "Yo'q, biz shunchaki yaxshi odamlar ekanligimizni ko'rsatmoqchimiz!"

O'sha paytda tribunadagi "yoqimli odamlar" Rafinyaning futbolkasini olishini iltimos qilishi haqidagi plakatlar bilan Ronalduni masxara qilishdi.

“Manchester Yunayted”ning zaxira futbolchilari to'liq bo'lmagan tribunalar tomonidan katta shov-shuvlarsiz kutib olindi. "Lids" azolari esa olqishlar ostida "cho'milishdi". Ammo o'yinchilarning qulog'i uchun haqiqiy sinov ular o'ynashga chiqqanlarida boshlandi: asosiy raqibni "sog'inib qolgan" "Elland Roud" g'azabini yashirib o'tirmadi.

"Manchester Yunayted"ni o'ziga dushman deb biladigan "Lids" va "Liverpul"ning sobiq himoyachisi Dominik Matteo o'yin oldidan bergan intervyusida ob-havo haqida optimistik tarzda gapirdi: kuchli yomg'ir aynan mezbonlarning foydasiga ishladi.

"Men "Yunayted"ga qarshi o'ynashni yaxshi ko'rardim, bu mening eng sevimli uchrashuvlarim edi! Bugun jismoniy kuchga tayangan holda o'ynashadi, buni esa mahalliy muxlislar xush ko'rishadi. SHubhasiz, shovqinli bo'ladi va men elektr atmosferaga shubha qilmayman. Va bunday yomg'irda ham juda ko'p kurash bo'ladi, shuning uchun "Lids"da bugun yaxshi natija uchun imkoniyat bor".

Bashoratlar darhol amalga oshdi: 10-daqiqaga kelib, "Lids"ning oq libosi iflos bo'lishga ulgurdi. Bir daqiqadan so'ng bunga qon ham qo'shildi: Maktominey va Koxning boshlari to'qnashdi va "Lids" yarim himoyachisining boshi yorildi. Atrofdagi muxlislar baland ovozda hushtak chalib, maydonga sakrashga va o'ch olish uchun Skottga zi1n etkazishga shay turishardi.

Tribunalar faqat taym oxiriga kelibgina jim qolishdi: burchakdan oshirilgan to'pni Maguayr boshi bilan darvozaga yo'llab, hisobni ochdi. "Elland Roud" sukunatga cho'mdi: na hushtak, na haqorat, faqat qizil chiroqlar va bayroq ostida bayram qilayotgan, "Manchester Yunayted" o'yinchilariga bir-ikkita tangalar tashlab, shodlikka to'la mehmonlar sektori.

Stadoni tanaffusga ham jimgina ketdi: Fernandesh mehmonlarning ustunligini taminladi va kutilmaganda hakamdan tanbeh oldi. Uning fikricha, "Yunayted" futbolchilari o'zlarining gol nishonlashlari bilan muxlislarni g'azablantirishdi.

Tanaffus vaqtida kayfiyat butunlay yomonlashishi mumkin edi: stadion bufetlarida choy tugab qolgandi. Yorkshir o'zining choy shirkati bilan mashhur ekanligi inobatga olinsa, bu ajablanarli: deyarli har bir ingliz uyida bir quti Yorkshire tea bor.

Tanaffusdan so'ng yomg'irdan zarar ko'rgan maydonga qaytgan ikkala jamoa ham faqat oldinga intildi. Rodrigo mo'ljalni aniq nishonga oldi: u chap qanot bo'ylab yurdi va go'yo uzatmani amalga oshirmoqchi bo'lgandi, ammo to'p hayratlanarli traektoriya bilan De Xea darvozasi to'qqizligiga kirdi.

Muxlislar bayram qilishga ulgurmagan bir paytda, bir daqiqadan so'ng "Lids" ikkinchi golni urdi: Jeyms jarima maydonchasiga pas uzatdi, Rafinya esa osonlik bilan darvozani ishg'ol qildi.

O'sha paytda stadion aqldan ozdi.

Ularning kayfiyatini hatto “Manchester Yunayted”ning kechiktirib urilgan gollari ham buzmadi. Avvaliga yangi Fred Sancho bilan darvoza tomon uchib bordi va yaqin burchakni nishonga oldi. Twitter'da darhol braziliyalik futbolchi joriy mavsumda klublar miqyosida Messidan ko'proq gol urgani haqidagi statistik malumotlar to'lib ketdi.

Fernandes o'yinga nuqta qo'ydi: u Eylingni osongina aldadi va vaziyatni to'g'ri baholab, Elanga tomon pas berdi. Tom faqat nishonni aniq olishi lozim edi va undan-da ortig'ini bajarib, to'pni Melening oyoqlari orasidan o'tkazdi.

Yakunda, derbida bo'lishi kerak bo'lgan holat sodir bo'ldi, ha to'g'ri topdingiz — janjal. Ajablanarlisi, o'yinda chetlatish kuzatilmadi: ikkinchi taymda 9 nafar futbolchi sariq kartochka oldi.

Hushtak yangragandan so'ng "Elland Roud" o'z o'yinchilarini qarsaklar sadosi ostida kuzatib qo'ydi. O'yindan keyin esa hammayog'i shalabbo bo'lgan Brunu eng baxtli odamdek ko'rindi. Garchi u ob-havo yaxshiroq bo'lishi mumkin edi, deb shikoyat qilgan bo'lsa-da, 

"SHartlar raqibning qo'lida edi, ammo biz o'z imkoniyatlarimizni golga aylantirdik. Bu mening Lidsdagi birinchi o'yinim, muhit ajoyib edi. Muxlislarimizga ham minnatdorlik bildirmoqchiman. Ular butun o'yin davomida kuylashdi va endi ular g'alabani nishonlashga loyiqdir. Qani endi hammamiz buni bir joyda jam bo'lib, "yuvsak". Barchamiz bunga haqlimiz!"

Ular haqiqatan ham g'alabani nishonlashdi. CHunki bo'ron ortidan bir nechta temir yo'l liniyalarini suv bosganligi sababli Lidsdan barcha yo'nalishdagi poezdlar bir necha soatga kechiktirildi.

Lids – Manchester Yunayted 2:4 

«Elland Roud»

Gollar: 0:1 – 34 Maguayr, 0:2 – 45 Brunu Fernandesh, 1:2 – 53 Rodrigo, 2:2 – 54 Rafinya, 2:3 – 70 Fred, 2:4 – 88 Elanga.

Lids – Mele, Eyling, Lorente (Gelxardt, 46), Streyk, Dallas, Kox (Firpo, 31), Forshou, Klix, Xarrison (Rafinya, 46), Rodrigo, Djeyms.

Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelyof, SHou, Pogba (Fred, 67), Lingard (Elanga, 67), Brunu Fernandesh, Maktominey, Ronaldu (Varan, 85), Sancho.

Ogohlantirishlar: Ronaldu (54), Streyk (61), Eyling (68), Forshou (76), Maktominey (77), Rafinya (81), SHou (90), Firpo (90), Klix (90).

SHerzod Nurmatov tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика