"Leypcig" Ispaniya terma jamoasi futbolchisiga qiziqmoqda
22 noy 2023 14:23
Yangiliklar
"Leypcig" Ispaniya terma jamoasi futbolchisiga qiziqmoqda
"RB Leypcig" "Granada" va Ispaniya termasi yarim himoyachisi Brayan Saragosaga qiziqish bildirmoqda.
Brayanni SHveciya termasi xavbeki Emil Forsbergning o'rinbosari sifatida ko'rishmoqda. Qishda Emil "Nyu-York Red Bullz" safiga ketishi kutilmoqda.
Nemis klubi agarda boshqa futbolchi topa olsa, 32 yoshli shvedni qo'yib yuborishga rozi. Bu rolga asosiy nomzod Saragosa sanaladi. "RB Leypcig" ispaniyalikning 14 million evro qilib belgilangan tovon pulini to'lab berishi mumkin.
Bu mavsum Saragosa La Liganing 13 o'yinida 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma etkazib berdi hamda 4 ta sariq kartochka ishlab oldi.
"Transfermarkt" portali 22 yoshli futbolchini 8 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar