So’nggi yangiliklar

13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  0 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  1 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  1 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  11 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  27 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  7 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  2 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчи билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  8 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1

Levchenko: "Bizni chempionlik poygasidan ataylab chiqarib yuborishdi" Yangiliklar

Levchenko: "Bizni chempionlik poygasidan ataylab chiqarib yuborishdi"

"Bunyodkor" hamda "Neftchi" o'rtasidagi Superliganing 23-tur o'yinidan (2:1) so'ng mehmonlar ustozi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

- O'yin haqida hech qanday izoh berishni istamayman. Maydonga nima ro'y berganini o'zingiz ko'rdingiz. Tushuntirib bo'lmaydigan hodisalar ro'y berdi. Men hammasini bilaman, ammo ayta olmayman. Sizlar ham barchasini tushunib turibsiz. Boshqa gapim yo'q.


- Apellyaciya berishni rejalashtirmayapsizlarmi?


- Apellyaciya nimani o'zgartirib beradi. Uch ochkoni endi hech kim qaytarib bera olmaydi yoki o'yinni boshidan o'tkazib bo'lmaydi. Hamma ko'rdiku nima bo'lganini. Odamlar ko'rmi yoki VARdagilarning ko'zi ojizmi. Men yana bir marotaba takrorlayman. Hamma nima bo'layotganini tushunib turibdi. Men ham nega bunday bo'layotganini bilaman, faqat bu haqida ommaga chiqib gapirishga imkonim yo'q.


- "Neftchi" jamoasi joriy mavsum hakamlar qarori sababli qimmatli ochkolaridan mahrum bo'ldi. "Andijon"ga qarshi uchrashuvda hakamlarning xatosi sabab jamoa uch ochkodan quruq qolgan edi. Bugun esa juda bahsli vaziyatlar. "Neftchi" jamoasi hakamlar "qurboni" bo'ldi degan fikrga qo'shilasizmi?


- Mening fikrim hech nimani hal qilmaydi. Ushbu vaziyatlarda baho beradigan javobgar insonlar bor. Alohida komissiya bor. Baribir hech narsa o'zgarmaydi. Ushbu holat bugun boshlangani yo'q. "Buxoro"ga qarshi uchrashuvdagi penalti. OKMKga qarshi o'yindagi qizil kartochka. O'sha vaziyatlarga qanday izoh berish mumkin. Menga savollar ko'p, ammo men ushbu savollarga javob topa olmayapman. Apellyaciya berishimizdan foyda yo'q.


- Bugungi mag'lubiyatdan so'ng, "Neftchi" klubi chempionlik poygasini tark etdimi?


- "Neftchi"ni chempionlik poygasini ataylab chiqarib yuborishdi. Yana bir marotaba takrorlayman, biz chempionlik poygasini tark etmadik. Bizni kurashdan chiqarib yuborishdi. Men kim "Neftchi"ni to'xtatmoqchiligini bilaman va kim ushbu ishlarni boshqarayotganini bilaman, biroq kimligini ayta olmayman. OKMKga qarshi uchrashuvdagi vaziyat, bugungi uchrashuvdagi so'ngi daqiqada penalti berilishi mumkin bo'lgan vaziyat. Hakam hatto VARga murojat qilmadiku. Barchasini tushunib turibman.


Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика