"Levante"ga qarshi o'yin Luis Enrikening "Barselona"dagi 100-uchrashuvi bo'ladi
06 fev 2016 17:12
Yangiliklar
"Levante"ga qarshi o'yin Luis Enrikening "Barselona"dagi 100-uchrashuvi bo'ladi
"Levante"ga qarshi Ispaniya chempionatining 23-tur uchrashuvi Luis Enrikening "Barselona" boshqaruvidagi 100-uchrashuvi bo'ladi.
7 fevral, yakshanba kuni ko'k-anorranglilar 45 yoshli mutaxassis qo'l ostida 100-bahsni o'tkazadi.
"Barselona" Luis Enrike bilan 99 uchrashuvda 76 g'alabaga erishdi, 11 marotaba durang o'ynadi va bor-yo'g'i 9 ta o'yinda mag'lub bo'ldi. Jamoa 274 ta gol urib, 70 ta o'tkazib yubordi.
Luis Enrike "Barselona" bilan Ispaniya chempionatida, Ispaniya Kubogida, CHempionlar ligasida, UEFA Superkubogida va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozondi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar