Levandovski: "Menga to'pni oshirishmagani uchun o'zimni ko'rsata olmadim"
25 iyu 2018 13:29
Yangiliklar
Levandovski: "Menga to'pni oshirishmagani uchun o'zimni ko'rsata olmadim"
Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski JCH-2018 guruh bosqichining 2-turida Kolumbiyadan uchralgan yirik mag'lubiyat (0:3) haqida fikr bildirdi.
"Raqib bilan hech narsa qila olmadik, Kolumbiya texnik va taktik jihatdan yaxshiroq o'ynadi. Ular bir bosh ustun edi, bizga esa mahorat etishmadi. Bu so'nggi yillardagi bizga qarshi o'ynagan eng kuchli jamoa. Xatto Germaniya va Portugaliya bilan osonroq bo'lgan edi.
Menga to'pni uzatishmagani uchun o'zimni ko'rsata olmadim. Bunday natijada faqat o'zimizni ayblashimiz kerak. Senegalni taslim mag'lub etishimiz shart edi. O'sha bahsda bizga istaganimizdek o'ynashga imkon berishdi, ammo biz imkoniyatdan foydalana olmadik" - deydi 29 yoshli hujumchi.
Polsha terma jamoasi JCH-2018 guruh bosqichining so'nggi uchrashuvida Yaponiyaga qarshi o'ynaydi.
Fikrlar