Levandovski: "Barsa" ko'p gol urishni istab, himoyani esdan chiqarib qo'ydi"
14 okt 2022 09:56
Yangiliklar
Levandovski: "Barsa" ko'p gol urishni istab, himoyani esdan chiqarib qo'ydi"
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Inter"ga qarshi o'yin (3:3) haqida gapirib o'tdi.
"Biz ko'p gol urishni judayam istab yubordi va himoya hamda milanliklarning qarshi hujumi haqida unutib qo'ydik. "Inter" osonlikcha darvozamiz tomon bordi va golli vaziyatlar yaratdi.
So'nggi vaqtda bizda jarohatlar ko'payib ketdi. Barqarorlik etishmayapti. Balki aynan shu sababli ham ishlar yurishib ketayotgani yo'q.
Hujumchi uchun "Inter"ga qarshi o'ynash qiyin. Ular beshta himoyachi bilan o'ynashadi, shuningdek tayanch yarim himoyachi ham bor. SHu sababli biz ko'pchilik bo'lib hujumga bordik. Uchta gol urdik, ammo shuncha o'tkazib yubordik.
G'alaba qozona olmaganimizdan afsusdamiz. Bazi paytlarda esa sovuqqonlik etishmadi", - dedi Levandovski.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar