So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

"Lester"ning sobiq bosh murabbiyi vafot etdi Yangiliklar

"Lester"ning sobiq bosh murabbiyi vafot etdi

"Lester" sobiq ustozi Kreyg SHekspir 60 yoshida vafot etdi.

Uning oilasidagilarining bayonotiga ko'ra, SHekspir o'z oilasi bag'rida jon bergan.

"Oila uning nafaqat futbolchilik, balki, murabbiylikdagi yutuqlari bilan ham faxrlanadi. U nafaqat sevimli dada, balki, o'g'illari, rafiqasi, aka-ukalari uchun eng sevimli inson bo'lib qoladi.

Bu biz uchun og'ir zarba bo'ldi. Iltimos, shunday qiyin davrda bizni ko'p ham bezovta qilmang, biz avvalo o'zimizga kelib olishimiz, biz uchun eng muhim insonning o'rnini tiklay olishimiz kerak", - deyiladi SHekspirning oilasi bayonotida.

2023 yilning oktyabr oyida SHekspirda onkologik kasallik aniqlangandi.

SHekspir "Lester" APL chempioni bo'lgan 2015/16 yilgi mavsumda Klaudio Ranerining yordamchisi bo'lgan. 2017 yili fevralida aynan undan bosh murabbiylikni qabul qilib olgandi. Oktyabr oyida esa u istefoga chiqarilgandi.

Faoliyati davomida SHekspir «Vest Bromvich», «Xall Siti», «Everton», «Uotford», «Aston Villa» va «Norvich», shuningdek, 2016 yili Angliya termasida yordamchi murabbiy ham bo'lgan.

SHekspirning so'nggi ish joyi "Lester" bo'lgan va unda Din Smitga yordam bergandi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика