Lempard van de Bekni "Everton"ga olib kelmoqchi
29 jan 2022 20:38
Yangiliklar
Lempard van de Bekni "Everton"ga olib kelmoqchi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bekka "Everton" qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi jurnalist Fabricio Romano.
Insayder xabariga ko'ra, "irislar" niderlandiyalik yarim himoyachini yaqin kelajakda jamoani boshqaradigan Frenk Lempard tashabbusi bilan ijaraga olmoqchi.
24 yoshli futbolchi uchun kurashda "Everton"ning asosiy raqibi "Kristal Pelas" hisoblanadi.
Van de Bek joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Uning transfer qiymati 25 million evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar